Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50413
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Apple WWDC 2015 konferensiyasidan yangiliklar

Ko'rildi: 317 | Bo'limi: Hi-Tech / Texnologiya |


8 iyun kuni Apple kompaniyasi har yili o‘tkaziladigan WWDC 2015 konferensiyasida S X, iOS va watchOS’ning yangi versiyalarini taqdim etdi. Shuningdek, Apple Pay to‘lov tizimining rivoji haqida hamda App Store orqali dasturchilarga qancha mablag‘ to‘lanishi haqida ma’lumot berdi.

OS X El Capitan



Korporatsiya vitse-prezidenti Kreyg Federigi Apple faol foydalanuvchilarining 55 foizi so‘nggi OS X Yosemite operatsion tizimida ishlaydi. Navbatdagi operatsion tizim El Capitan nomini oldi.

Yangi versiyada jiddiy o‘zgarishlar yo‘q. Unda asosiy e’tibor foydalanuvchilarga qulaylik yaratish hamda tezlikni yaxshilashga qaratilgan.

Safari’da ilovalarni belgilab qo‘yish imkoni paydo bo‘ldi.

Spotlight ichki qidiruv tizimida sport xabarlarini hamda ob-havoni kuzatib borish, shuningdek, insonning tabiiy nutqini (misol uchun, iyunda ishlatgan hujjatlarim) imkoni paydo bo‘ldi. Mail pochtasida ham ilovalar bilan ishlash imkoni paydo bo‘ldi. Shuningdek, har bir ochilgan oynani ekran burchagiga tortib, ularni tartibga solish mumkin.



Dasturlarni ishga tushirish vaqtda 1,4 marotaba qisqardi. Yangi tizimga o‘tish 2015 yilning kuzidan boshlanadi hamda unga o‘tish uchun hech qanday pul to‘lanmaydi.



iOS 9



kompaniyaning ma’lum qilishicha, Apple smartfonlarining so‘nggi operatsion tizimi bo‘lgan iOS 8 ishlatayotgan foydalanuvchilar soni 83 foizga teng. (Taqqoslash uchun, Android’ning so‘nggi versiyasi bo‘lgan Android 5 Lollipop Android’dan foydalanuvchilarning 12 foizida o‘rnatilgan)



Siri bir hafta davomida bir milliardga yaqin so‘rovlarga ishlov beradi. U ham yangi funksiyalarga ega bo‘ldi. U biror joyning suratini ko‘rsatishi va foydalanuvchiga kerakli ma’lumotlarni eslatishi mumkin. Shuningdek, “aqlli” yordamchi o‘z egasining takroriy harakatlarini yodlay oladi. Misol uchun, smartfonga quloqchin ulangan vaqtda avtomatik tarzda musiqani qo‘yadi.




Apple Maps’da jamoat transportlari(avtobus, poyezd, metro)ning yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. Ilova ma’lum bir bekatdan boshqasiga yetib olish uchun sarflanadigan vaqtni ham hisoblay oladi.



Yangi tizimda News ilovasi ham paydo bo‘ldi. Uning asosiy vazifasi foydalanuvchi tanlagan mavzulardagi xabarlarni turli xil manbalardan topib, birgina ilovaning o‘zida ko‘rsatadi. Hozirda servis AQSh, Angliya va Avstraliyada ishlaydi.


CarPlay simsiz ishlash imkoniga ega bo‘ldi. 

App Store



App Store’dagi ilovalarni umumiy hisobda 100 mlrd marotaba ko‘chirib olishgan. Kompaniya dasturchilar uchun 30 mlrd dollar to‘lagan. Magazindagi ilovalar soni 1,5 mln.ga teng.



Apple Pay



Apple Pay to‘lov tizimiga yangi kompaniyalar qo‘shildi. Ular orasida Trader Joe's, Baskin Robbins va JC Penney kompaniyalari bor.

Apple Pay joriy yilning iyun oyida Buyuk Britaniyada 8ta yirik banklarning yordamida ishga tushiriladi.

watchOS



Apple Watch birinchi yirik yangilanishni qabul qildi. Unda foydalanuvchining shaxsiy fotoalbomidan olingan suratlarni lavha sifatida o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Dasturchilar o‘z yaratgan ilovalari uchun kichik vidjetlarni ham taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.
Time Travel vaqtni oldinga aylantirish hamda kelajakda qanday ishlar belgilangani hamda ob-havo haqida ma’lumot olish mumkin.
Night Stand soat zaryadda turgan vaqtda soatni ko‘rsatib turadi.
Soatlar FaceTime Audio orqali ovozli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Foydalanuvchi Apple Watch yordamida pochtadan foydalanishi ham mumkin. Shuningdek, soatlar Apple Pay va Apple Maps’ning yangi funksiyalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Apple Music

Konferensiyada Apple Music nomli yangi strimingli musiqa servisi ham taqdim etildi. Uni yaratishda mashhur prodyusser hamda Beats kompaniyasi asoschisi Jimmi Yovin yordam berdi.

Uning fikricha, bugungi kunda musiqa sistemasi juda tarqoq. Shu sababli u Tim Kukka to‘liq himoyalangan sistema yaratishni taklif qildi.

Apple Music kecha-kunduz ishlaydigan musiqa hamda radiodan, shuningdek, qo‘shiqchilar uchun o‘z asarlari hamda fikrlari bilan bo‘lishadigan tarmoq ham yaratiladi.

Musiqiy ilova qo‘shiqlarni iTunes’dan translyatsiya qiladi. Unda foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan For you sahifasidan tashqari, mutaxassislar jamoasi tomonidan taklif qilinadigan qo‘shiqlar jamlanmasi ham namoyish etiladi. Shuningdek, unda New bo‘limi ham bo‘lib, unda foydalanuvchi yangi qo‘shiqchilar bilan tanishishi mumkin.

Apple Music servisi Android va Windows uchun taqdim etiladi. Undan dastlabki 3 oy davomida bepul foydalanish mumkin. Keyin har oy uchun to‘lov 10 dollarga teng bo‘ladi. Servis 30 iyun kuni dunyoning 100ta mamlakatida taqdim etiladi.



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]