
AQSh Iroqqa "IShID"ga qarshi kurashda xizmat qilishi uchun yuzlab harbiy maslahatchilarini yuborishga hozirlik ko'rmoqda. Bu haqda
The Wall Street Journal nashri xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, AQSh prezidenti Barak Obama Iroqqa 500 nafarga yaqin harbiy maslahatchi jo'natishni rejalashtirgan.
Bu harbiylar Iroq armiyasiga Anvar viloyatidagi jangarilarga qarshi kurashlarda yordam berishi ko'zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, AQSh oxirgi marta 2014 yilning noyabrida Iroqqa 1500 nafar harbiy jo'natgandi. Ayni vaqtda Iroq hududida 3080 nafar amerikalik askar va harbiy maslahatchilar joylashtirilgan.