Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50296
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Ijtimoiy tarmoqlarda necha soat onlaynsiz?

Ko'rildi: 984 | Bo'limi: Шоу-бизнес |


Yaqinda “Instagram”ga qo'yilgan bir surat diqqatimni tortdi. San'atkorlarimizdan birining uyida dasturxon atrofiga to'plangan mehmonlar biri olib, biri qo'yib, o'zlarini telefonga suratga olishayotgani aks etgan. Albatta, bu hazil tariqasidagi surat edi. Ammo internet olamida “yashayotgan” mashhurlarning soni yitldan yilga oshib bormoqda. Bugun mana shunday san'atkorlarimizga yuzlandik. hayotlarining aksariyat qismi «onlayn» bo'lib qolayotganini ular qanday izohlashadi?
                                                                  «Kunu
tun»

Munisa Rizaeva, xonanda:  – Olamda bo'layotgan yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kun bo'yi televizor tomosha qilib o'tirishga vaqtim yo'q. Shu sabab dunyodagi voqea-hodisalarni internet orqali bilib olaman. U mening do'stim, desam ham bo'ladi. Chunki doim men bilan birga. Ijtimoiy tarmoqlar orqali horijlik do'stlarim bilan tez-tez muloqot qilaman. Bundan tashqari, “Instagram”ga har kungi faoliyatim hususida rasmlarni joylashtiraman va menga nisbatan bildirilgan mulohazalarni o'qiyman. Tanqidiy gaplarga ahamiyat bermaslikka o'rganganman. Ijobiy fikrlar esa meni yanada ruhlantiradi. Instagramga nafaqat o'zimning rasmlarim, balki meni ta'sirlantirgan suratlarni qo'yib, muhlislarim bilan o'rtoqlashaman. Ba'zan ayrim internet magazinlar mendan ruxsat so'ramay, sahifamga o'z mollarini qo'yib, reklama qilishadi. Bu menga yoqmaydi!

«Ikki soatdan kam emas»

Ziyovuddin AHMADJONOV, «Vodiy sadosi» radiosi boshlovchisi: – Ijtimoiy tarmoqlardan asosan olisdagi yaqinlarim bilan suhbatlashib turish uchun foydalanaman. Bu bir kunda kamida ikki soat degani. Tan olishim kerak, vaqti kelganda o'zimni reklama qilaman va muhlislar bilan muloqotda ham bo'lib turaman. Tuy va turli tadbirlarga borganimda tushgan rasmlarni joylashtiraman. Agar biror bir rasmimga nisbatan tanqidiy fikrni o'qib qolsam, darhol uni o'chirib tashlayman. Lekin tanqid qilgan inson bilan hech qachon “sen-men”ga bormayman. Ko'pincha meni statusim yoki rasmimga nisbatan munosabatlarni (izohlar)ni o'qisam, muhlislar o'zaro boshqa mavzuda suxbatlashgan bo'ladi. Menga shunisi yoqmaydi. Axir o'zining shaxsiy sahifasida ham suhbatlashsa bo'ladi-ku.

"Ovqatlanayotgan paytim xam..."

Kaniza, xonanda: - Ba'zida shunaqangi berilib ketamanki, 5-6 soat ijtimoiy tarmoqda qolib ketaman. Rasmlarimni qo'yaman, odamlarning ularga munosabatini o'rganaman. Kerak bo'lsa, kun bo'yi tarmoqlardan chiqmasam... Ba'zida ovqatlanayotgan vaqtim ham internetim yoqilgan bo'ladi. Ovqatning mazasini bilmasligim mumkin, lekin sahifamda muhlislar bilan savol-javob qilishga, suratlarni joylashtirishga ulguraman. “Tvitter”dan tashqari barcha ijtimoiy tarmoqlarda borman. “Instagram”, “Feysbuk”dan ko'p foydalanaman, “Odnoklassniki” ikkinchi darajali. Albatta, ijobiy fikrlar bilan birga salbiy munosabatlar ham bo'ladi. Bundan aslo hafa emasman. Agar joylagan suratimga nisbatan umuman fikr bildirilmasa, o'shandan hafa bo'lishim mumkin. Juda hafa qilganlarni «qora ro'yxat»ga kiritaman. San'atkorlarimizning kontserti, yangi qo'shig'i va kliplarini bajonidil o'z sahifamga qo'yaman.

 

"Vaziyatga qarab..."

Ruxshona, xonanda: -Ijtimoiy tarmoqlar san'atkorlar uchun kerak vosita. Muxlislar bilan yaqinroq bo'lasiz. Xozir nima qilyapsiz, qanaqa ovqat pishirayapsiz yoki qaysi kontsertga ketayapsiz. Shu kabi ma'lumotlar bilan ular siz bilan g'oyibona muloqot qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarni hamma har xil maqsadda ishlatadi. Undan oqilona foydalanilsa, foydasi ko'p. “Odnoklassniki”ni yoqtirmayman, shu bois undan tashqari xamma saytda borman. “Instagram”ga ba'zida rettseptlar, odamlarni o'ylashga undaydigan rasmlar, faylasuflarning fikrlarini joylashtiraman. Tan olish kerak, yoshlarimizning 99 foizi internetda o'tiradi. Shuning uchun san'atkorlarimiz o'z sahifalarida yaxshi maslahatlar berishi lozim. Mening maqsadim instagram orqali faqatgina yaxshi kayfiyat ulashish, foydali maslahatlar berish, sshou-biznes olamidagi yangiliklar bilan o'rtoqlashish.

«Yarim kun»

Ravshan HAKIMOV, prodyusser, teleboshlovchi: – Ishim, ijodim, hayotim internet bilan bog'liq bo'lgani uchun ham ijtimoiy tarmoqlarga murojaat etishga majburman. Deyarli yarim kunim internet bilan o'tadi. Ijtimoiy tarmoq uzoqni yaqin qiladi. Ya'ni qo'shiq, rasm, matn yoki ovozni jo'natish uchun eng tezkor va qulay vosita. hozir asosan “Instagram” qulay va tekin reklama manbai bo'lib qoldi. U erga ko'proq o'zimning suratlarim va ijodiy yangiliklarimni joylashtiraman. Bundan tashqari, ijtimoiy mavzudagi tanqidiy firklarimni ham berib boraman. Tanqid qilishsa, hech qanday munosabat bildirmayman. Chunki har bir inson o'z fikrini bildirishga haqli. Endi chiqayotgan san'atkorlar suratlarini muhlislarga ko'rsatib, o'zlarini reklama qilishadi – ular shunga muhtoj. Biroq mashxurlar ham bu imkoniyatldan bebahro qolishni istamayaptilar. Tekin reklama kimga ham yoqmaydi deysiz? “Instagram” qirolichasi deb Munisa Rizaevani ko'p bora e'lon qilganman. Yana bu tarmoqning malikasi – Shahzoda, qiroli esa – Shoxruxxon deyish mumkin.

«Bir soat kifoya»

MOHIM, xonanda: - Talabaman, shuning uchun internet tarmoqlariga kuniga bir soat vaqt ajratishim mumkin. San'atga qiziqqanim tufayli ijtimoiy tarmoqlarda san'atkorlarning hayoti, faoliyati, ijodini kuzataman. Bundan tashqari, tajriba almashish maqsadida xorij musiqa san'atini ham o'rganaman. Ko'proq “Google”ga murojaat qilaman. “Instagram”ga kirib, san'atkorlar bilan muloqotga kirishaman. Ustoz deb bilgan san'atkorlarlardan nimadir o'rganishga harakat qilaman. Ijodimga oid barcha kerakli ma'lumotlarni “Instagram” orqali beraman. Endi san'atga qadam qo'ydim. Shu sabab hali ko'plab muhlislarga egaman, deb ayta olmayman. O'zim hali ko'p narsani o'rganayapman. Sahifalarimda muhlislar vaqt ajratib, mening har bir yangiligimga ijobiymi, salbiymi munosabat bildirishadi. Va men ham ular bilan muloqotga kirib turishni kanda qilmayman. har bir tanqiddan o'zimga kerakli xulosa chiqaraman. Tanqid yomon maqsadda qilinmaydi, aksincha to'g'ri yo'ldan yurishingizga ko'maklashadi.

«Kirolmayapman!»

Ismini sir tutgan ishtirokchi: - Ijtimoiy tarmoqlardagi eng faol foydalanuvchi edim. har kuni yangi tanishlar orttirardim. hatto, darsda ham “tarki odat amri mahol” deganlariday, qo'limdan uyali telefonim tushmasdi. Chunki u men uchun ham kutubxona, ham vaqtni mazmunli o'rkazishning eng qulay usuli sanalardi-da. hatto farzandli bo'lganimda ham undan bola parvarishi haqida juda ko'p ma'lumotlarga ega bo'ldim. Biroq, turmush o'rtog'im ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishimga qarshi chiqdi. Bu masalada oramizda bir necha bor janjal ham bo'ldi. Bir kuni “Odnoklassniki”dagi do'stlarim bilan uzundan-uzun davom etgan suhbatim erimning toqatini-toq qildi chog'i, telefonimni parcha-parcha qilib sindirib tashladi. Endi internet tugul, telefonim ham yo'q.

Qunduzxon ABDULLAYEVA tayyorladi.

 

 



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]