Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33410
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Islom Karimov Buxoro va Navoiy viloyatlari saylovchilari bilan uchrashdi

Ko'rildi: 344 | Bo'limi: Новости Узбекистана |


Buxoro viloyatidagi uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi raisi M. Daminov ochdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholining hayot sifati va darajasini izchil yuksaltirish, O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash kabi eng muhim strategik maqsadlarning 10 yo‘nalishi belgilab berilgan. Jumladan, sanoatga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, xususiy mulk va tadbirkorlik sohasini keng rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotdagi ulushini qayta ko‘rib chiqish, ekin maydonlarini optimallashtirish va hosildorligini oshirish, fermerlik harakatini yangi bosqichga ko‘tarish, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, mahalliylashtirish dasturini rivojlantirish va eksport hajmini ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash, barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandis-texnologi X. Latipov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi, xalqaro toifadagi sport ustasi Z. Sanaqulova, Olot tumanidagi “Oydin” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari N. Oltiyev va boshqalar tarixan qisqa davrda O‘zbekiston har tomonlama rivojlanayotgan zamonaviy davlatga aylangani, odamlarning hayot darajasi, dunyoqarashi va madaniyati tobora yuksalib borayotganini faxr bilan ta’kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni o‘tkazish bilan bog‘liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 29-mart kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov Navoiy viloyati saylovchilari bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 5-Navoiy okrug saylov komissiyasi raisi O‘. Mavlonov ochdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov uchrashuvda nutq so‘zladi.

Nomzodning dasturida O‘zbekistonning kuch-qudrati, tinchligi va osoyishtaligini yanada mustahkamlash, xalq farovonligini har tomonlama yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni izchil davom ettirishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonning dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar qatoridan o‘rin olishida muhim omillardan biri bo‘lgan xususiy mulkchilikni yanada rivojlantirish, tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlik harakati, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlash, sanoatni modernizatsiyalashga doir islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qayta ko‘rib chiqish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, investitsiyaviy muhitni takomillashtirish, aholi bandligini ta’minlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, barcha davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi ustuvor yo‘nalishlar o‘z ifodasini topgan.

Uchrashuvda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari T. Saidov va boshqalar O‘zbekistonda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, davlatning xalqaro nufuzini oshirish, mustaqillikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan betimsol ishlar xalqning hech kimdan kam bo‘lmay, baxtli va farovon yashashiga, o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘vor maqsadlariga erishishiga xizmat qilayotganini iftixor bilan ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni ko‘ppartiyaviylik asosida, ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga amal qilgan holda o‘tayotgani mamlakatimizda demokratik islohotlar hayotga tatbiq etilayotganining amaldagi ifodasi ekanini qayd etdi.



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]