Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50282
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Islom Karimov Putinning diplomatligiga yuqori baho berdi

Ko'rildi: 887 | Bo'limi: Новости мира |


O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Ufada bo'lib o'tgan ShHT sammiti doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi davomida Putinning diplomatik qobiliyatlariga yuqori baho berdi va Ufadagi ob-havoning mo''tadilligi, shahar aholisining o'zi xosligi va shahardagi bunyodkorlik ishlariga to'xtatilib o'tdi.

“Ufa men uchun mutlaq kutilmagan voqelik bo'ldi. Men Qozonda, boshqa shaharlarda bo'lganman, lekin Ufada birinchi marta bo'lishim. Bu erdagi iqlim ham o'ziga xos. Ertalabdan yomg'ir yog'moqda. Bu iqlim biz uchun noodatiyroq. Bu iqlimni balki kimdir ko'tara olmasa kerak, biroq bizda hozir Toshkentda 40 gradus, janubiy hududlarda esa undan ham yuqoriroq harorat bo'lgan bir paytda bunday ob-havo bir so'z bilan aytganda Xudoning marhamatidek tuyuladi va bizga juda ham xush keladi. Bu erning odamlari ham o'ziga xos. Bu erdagi imoratlar, binolar Ufaning o'z milliy qiyofasiga ega zamonaviy shahar ekanligidan darak beradi. Men sizning ko'pgina shahar va viloyatlaringizga havasim keladi, ular keyinchalik sizning o'z qarashingizdan kelib chiqib u yoki bu katta miqyosdagi anjuman yoki uchrashuvni qabul qiladi. Kecha biz uchrashuv haqda gapirayotgandik, bugun esa ShHT yig'ilishi haqida gap ketmoqda. Kecha men jurnalistlar yo'g'ida aytgandim va hozir ular oldida yana bir bor qaytaraman – kechagi uchrashuv o'ziga xos noyob voqea bo'ldi, chunki unda 4 qit'a vakillari uchrashdilar. Bunday noyob uchrashuvni faqatgina Putin o'tkaza olishi mumkin. Men o'z so'zlarimning haqiqatligiga to'liq ishonaman, chunki buning uchun nafaqat rahbar, balki katta diplomat ham bo'lish kerak. Va men sizni bu bilan tabriklayman”, deb aytdi Islom Karimov Putin bilan suhbati chog'ida.



Barcha izohlar: 1
89634463250 yozdi: | 11.07.2015 | 12:26 #1 Спам
89634463250 ufami yoki bowqa chet davlatmi bizni janatmakon uzbekistondayin bulolmas tugrimi dustlar
Like | 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]