Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50374
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Janubiy Koreyada MERS virusiga chalinganlar soni 122 kishiga etdi

Ko'rildi: 648 | Bo'limi: Новости мира |


Janubiy Koreya sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishiga qaraganda, Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusiga (MERS) chalinganlar soni ortib, umumiy miqdorda 122 kishini tashkil qilgan.

Oxirgi ma'lumotlarda 108 kishida shu xastalik qayd etilgani, halok bo'lganlar soni 9 kishiga etgani xabarqilingandi.

Mamlakatda 2,2 mingdan ortiq maktablar yopilgan. 

Virus bilan zararlanganlarni 35 kasalxona qabul qilgan.

Hukumat MERS virusi tarqalishinining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko'rmoqda. Virusdan zararlanganlar bilan aloqada bo'lganlarning barchasi, 3400 kishi karantinda saqlanmoqda.

Virus Janubiy Koreyadan tashqari Yaqin Sharqning bir qator mamlakatlari, xususan, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga ham daxl qilgan. Gongkong sayyohlik kengashi Janubiy Koreyaga 30 iyunga qadar bo'lgan barcha (kruizlardan tashqari) sayohatlarni bekor qildi. Bu taqiq 10-12 ming sayyohni qamrab oladi.

MERS koronavirusi nafas yo'li organlari orqali, havodan yuquvchi kasallik bo'lib, hozirgi vaqtda unga qarshi hech qanday dori vositasi ishlab chiqilmagan. Ushbu virus ilk bor 2012 yili Saudiya Arabistonida aniqlangan, 2015 yil mayida esa mazkur virusni Yaqin Sharqdan qaytgan koreyalik ishbilarmon Janubiy Koreyaga olib kirgan.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, shu kungacha jahon bo'ylab MERS bilan 1244 kishi zararlangani, ularning 446 nafari vafot etgani qayd etilgan.



Barcha izohlar: 1
uzbjti2551320 yozdi: | 21.06.2015 | 13:40 #1 Спам
uzbjti2551320 essiz
Like | 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]