Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33415
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Klint Istvuddan erkakcha 10 ta maslahat

Ko'rildi: 520 | Bo'limi: Tavsiya |


Klint Istvud — 85! Bu raqamlarni tushunib etguningizga qadar, sizga bir narsani eslatib o'tmoqchimiz, raqamlar nafaqat klassik vestrn filmlari qiroliga balki Gollivudning ko'plab mashhur shaxslariga taaluqli. U tomonidan yaqindagina ishlangan film tomosha qilishga arzirli kartinalar sirasiga kiradi. Klintning yoshi katta bo'lsada, biroq u buni tan olmaydi, hozirgi ayrim yoshlardan ko'ra ko'proq harakat qiladi, o'zini ko'rsatadi. Ijod quyoshi charaqlagan paytlarda Klint Istvud tomonidan jonlantirilgan kamgap va qat'iy qarorlar qabul qiluvchi qahramonlar xarakteri, bugungi zamonaviy erkaklar o'rgansa arziydigan sifatlar sirasiga kiradi. Istvudning o'zi bu narsani chuqur tushunadi va o'z fe'lini o'zgartirishga harakat qilmaydi. Kim mustaqil qo'llarga, o'tkir ko'zlarga va qat'iy qarorlarga ega bo'lishni istasa, bu borada Istvud o'z maslahatlarini ayamaydi. U bergan tavsiyalarga yovvoiy G'arbdan tortib, zamonaviy Sibirgacha bo'lgan hududlarda bemalol amal qilsa bo'ladi.

Nima to'g'ri-noto'g'riligini biling va o'z yo'lingizda sobit qoling

Istvud tomonidan yaratilgan Leon haqidagi trilogiyada kam gapirib, ko'p ish qiladigan qahramon yaratdi. Bu bilan so'z hech narsani anglatmasligini, aksincha, erkak kishi kam gapirib, amalda harakat qilishi lozimligini isbotladi. U tomonidan jonlantirilgan boshqa qahramonlar ham shu xislatlarga ega bo'lgan.

Kam ko'pni anglatadi

Istvud kam gapiruvchi qahramonlar rolini shuning uchun ham o'ynaganki, bu ularning sirliligini oshiradi va kuchliligini ko'rsatadi. Buni uning o'zi qayta-qayta takrorlagan. Agar uning qahramonlari so'zini bittama-bitta yozib chiqsa, yarim sahifa ham bo'lmasdi. Bu uning ojizligini emas, balki qahramonning kuchli shaxs ekanligini anglatadi. Bu sxema real hayotda ham juda qo'l kelishi mumkin, chunki biz doim o'z kuchimizni baholashda yanglish xulosalarga kelamiz.

Ijodiy nazorat

Istvud hali aktyorlik qilayotgan vaqtidayoq, o'zining Malpaso deb nomlangan shaxsiy prodyuserlik kompaniyasiga ega edi. O'z kelajagingiz haqida mas'uliyatni bo'yningizga olsangiz va karerangiz ustidan nazorat o'rnatsangiz juda-juda ko'p narsalarga erishish mumkin.

Antiqahramon bo'ling

Istvud qahramonlari ma'naviyati haqida juda ko'plab yozilgan. Bu o'z samarasini berdi. Chunki ular ikkilanishga asos qoldirmagan. Yozilmagan qonunlar asosida yashash, doim ham to'g'ri kelmaydi. Ammo hech qachon burch haqida unutmaslik kerak.

Adolatli yechimlar qabul qiling

Istvudda Jeyms Bond rolini o'ynash imkoniyati bo'lgan. Unga film prodyuserlari ushbu rolni taklif qilishganida u Bond rolini faqat britaniyalik o'ynashi kerak, degan xulosaga keladi va Shon Konneri foydasiga bu roldan voz kechadi.

Tavakkal qilishdan cho'chimang

Istvud eng top aktyor, eng top rejessyor bo'ldi, biroq hayotida ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. Oxir-oqibat u, ozroq mubolag'a bilan aytadigan bo'lsak, Gollivud Olimpining eng yuksak cho'qqisiga ko'tarildi. Shunday ekan, xato qilishdan cho'chimang.

O'zaro yordam - omad kaliti

Istvud bag'rikeng edi. Uning prodyuserlik idora va studiyadagi do'stlari unga ko'p yordam berishgan. Buning natijasi o'laroq aktyor o'z zamonasining eng mashhur shaxslaridan biriga aylangan. Odamlarga bermoqchi bo'lgan yordamizga arzishadimi, ikkilanmasdan ularga yordam qo'lini cho'zing.

O'z harakatlaringizga javob berishni o'rganing

Istvudning beshta xotinidan ettita bolasi bo'lgan va aktyor shunga yarasha ularga mas'uliyat bilan yondashgan. Bundan shuni o'rganish kerakki, erkak kishi qilgan ishiga doim javob berishi lozim

"Folchi" bo'lmang

Istvud hech qachon bashoratchi xarakterga ega rollarni ijro etmagan va bu ishida keksayib qolganda ham sobit qolgan. Boshqalar orzuga berilib, xayol surib yurishganida u harakatda edi. Gap yoshdamas, shunchaki inson o'zini-o'zi cheklab qo'yadi xolos.

O'z ayolingizni toping

Yuqorida aytib o'tganimizdek, Istvud hayotida xuddi farzandlari kabi ayollar ham etarli bo'lgan. Biroq uning so'ngi rafiqasi Dinagina unga haqiqiy xotin bo'la oldi va aktyorning farzandlari bilan munosabatini yaxshi bo'lishiga sababchi bo'ldi.



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]