Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33426
Реклама
TOP-10
Реклама
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Kremlda Putin va Kerrining muzokaralarini “hamfikrlilikning ilk alomatlari” deb atashdi

Ko'rildi: 454 | Bo'limi: Новости мира Teglar: Kremlda Putin va Kerrining muzokara |


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘rtasidagi muzokaralar natijalari Moskva va Vashington o‘rtasidagi “hamfikrlilikning ilk alomatlari”dan darak beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov aytib o‘tdi, deb yozadi Meduza.

Uning aytishicha, Putin va Kerrining 12-mayda Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan keyin aloqalardagi keskin o‘zgarish haqida gapirishga erta, biroq Kreml ushbu muzokaralarni “juda foydali, zarur va ijobiy“ deb baholamoqda.

Ushakov so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilar Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi va Minsk kelishuvlariga rioya qilish bo‘yicha fikrlari bir joydan chiqdi. Kerri Putin bilan muzokaralar natijalari haqida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga so‘zlab berishni va’da qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kerri va Putin o‘rtasidagi suhbat to‘rt soat davom etdi. Xabar berilishicha, Putin va Kerrining uchrashuvi Amerika tomoni iltimosi bilan bo‘lib o‘tgan.

AQSh davlat kotibi Putinga prezident Obamaning salomini yetkazdi. Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov aytishicha, Amerika yetakchisi Rossiya prezidentiga hech qanday yozma xabar jo‘natmagan.

Shuningdek, muzokaralarda Ukraina mavzusi, jumladan AQSh va Rossiyaning ikki tomonlama darajada yanada jips tarzda ishlashlari bo‘yicha turli variantlar muhokama qilindi.



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]