Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50366
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Nafrat, g'urur va muhabbat to'qnashgan film premyerasi

Ko'rildi: 1490 | Bo'limi: Шоу-бизнес |


20-fevral kuni ko'p sonli muxlislar tomonidan intiqlik bilan kutilgan "Bu telba muhabbat yoxud Farhod va Shirin" filmining premerasi bo'lib o'tdi. Muhabbat tuyg'usiga o'zgacha nazar va munosabat aks etgan kartina "Kinochilar uyi" va Alisher Navoiy nomli kinosaroyida muxlislar e'tiboriga havola etildi.

  Filmda muhabbat tuyg'usi g'urur, qahramonlar xarakteridan ustun ekanligi ilgari surilgan. Inson hayoti o'z qo'lida ekanligi va bu hayotda tasodiflar shunchaki ro'y bermasligi kabi falsafiy xulosalar ham jam bo'lgan bu kartina bir qator mahoratli va professional ijodkorlar guruhi tomonidan tayyorlangan.

Bosh rollarda minglab muxlislarning sevimli xonandasi va aktrisasi bo'lishga ulgurgan Lola Yo'ldosheva va iste'dodli aktyor Umid Iskandarov talqin etgan film erkak va ayol o'rtasidagi munosabatlar haqida hikoya qiladi.

Muhabbat esa nafrat, g'urur kabi tuyg'ular bilan birgalikd o'zgacha rakursda tasvirlangan. Aytish kerak, Film premerasi a'lo darajada, muxlislar olqishlari ostida o'tdi. Ayniqsa bir necha yillardan buyon kinoda ko'rinmay qolgan Lolaning ishtiroki katta shov shuvlarga sabab bo'ldi.

Kartinani tomosha qilgan har bir tomoshabin o'z o'rnida qo'llanilgan xazillar, keskin qarorlar va voqealar rivojidan zavq olishdi, desak xato bo'lmaydi. Barcha ijodkorlarni omadli premera bilan qutlaymiz!

                     



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]