Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33424
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Namanganda qariyb 850 ming dollarni Qirg'izistonga o'tkazmoqchi bo'lgan guruh qo'lga olindi

Ko'rildi: 319 | Bo'limi: Новости Узбекистана |


Namanganning Chortoq tumanida istiqomat qiluvchi to'rt nafar yigit katta miqdordagi xorijiy valyutani qo'shni Qirg'izistonga olib o'tmoqchi bo'lganda qo'lga tushishdi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Keltirilishicha, kirakashlik bilan shug'ullanib yurgan Azamat tanishi Ibrohimning beshta qora polietilen paketga o'ralib, ustidan skotchlangan qutini Hazratishoh qishlog'iga olib borib berish haqidagi taklifiga ko'ngan. U erda yigitlarni Botir va Xoshim ismli shaxslar kutib olgan. So'ng guruh Qirg'iziston chegarasidagi Turk qishlog'iga yo'l olishgan. Ammo ularning xatti-harakatlarini payqagan chegara posti xizmatchilari guruhni qo'lga olgan.
Aniqlanishicha, qutilarda 1 mlrd 835 mln 990 ming so'mdan ortiq qiymatga ega 844 ming 545 AQSh dollari bo'lgan. Bu mablag' ashyoviy dalil sifatida olib qo'yilgan.



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]