Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33415
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




O‘zbekistonda yangi “Toshkent—Buxoro” DWDM aloqa tarmog‘i ishga tushirildi

Ko'rildi: 214 | Bo'limi: Новости Узбекистана |


“O‘zbektelekom” AK Yaponiyaning NEC korporatsiyasi hamda Toyota Tsusho savdo uyi bilan hamkorlikda soniyasiga 100 Gbit ma’lumot o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan DWDM (to‘lqin uzunligi bo‘yicha ma’lumot uzatish kanallarini zichlashtirish) aloqa tarmog‘ini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Yangi aloqa tarmog‘i mamlakat poytaxti Toshkent shahrini yurtimizdagi tarixiy shaharlardan biri bo‘lgan Buxoro bilan bog‘lashga xizmat qiladi.

Aytib o‘tish joizki, mazkur aloqa tarmog‘i Markaziy Osiyodagi soniyasiga 100 Gbit ma’lumot o‘tkazish salohiyatiga ega bo‘lgan birinchi telekommunikatsiya tizimi hisoblanadi. Mazkur DWDM tizimida kogerent qabul qilish va tuzatishning eng ilg‘or texnologiyalari qo‘llanilgan. Yangi tizim soniyasiga 10 Gbit ma’lumot uzatuvchi an’anaviy tizimdan afzalliklari bilan ajralib turadi.

Loyiha mamlakatimiz aholisiga yuqori tezlikdagi va ishonchli internet xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratib berishga xizmat qiladigan magistral ma’lumot almashish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik darajasini bir necha marotabaga oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Mazkur loyiha video telefoniya, Internet televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV-kanallarni tomosha qilish va telekommunikatsiyaning yangi, zamonaviy xizmat turlari ko‘payishiga xizmat qiladi.

Manba: Daryo



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]