Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50421
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Porsche kompaniyasi aktyor Pol Uoker o‘limiga sabab bo‘lgan avariya aybdorini e’lon qildi

Ko'rildi: 1586 | Bo'limi: Новости мира |


Porsche kompaniyasi “Forsaj” filmlari yulduzi Pol Uoker halok bo‘lgan avariya aybdorini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Kompaniya vakillari halokatli yo‘l-transport hodisasida haydovchi Rojer Rodas aybdor deb hisoblaydi. Rodasning bevasi Porsche’ni erining o‘limida ayblab, sudga da’vo bergach, kompaniyaning javobi shunday bo‘ldi.

O‘z shikoyatida Kristin Rodas eri va uning aktyor do‘sti o‘tirgan, 2005-yilda chiqarilgan qizil Porsche avtomobili nosoz bo‘lganini ta’kidlagan.

Ichida yo‘lovchi o‘rindig‘idan joy olgan Pol Uoker va haydovchilik vazifasini bajarayotgan Rojer Rodas bo‘lgan Porsche ko‘cha chirog‘i ustuniga katta tezlikda kelib urilgan va yonib ketgan edi. Natijada ularning har ikkalasi halok bo‘lgan. Avtomobil ham, qurbonlar ham “tiklab bo‘lmaydigan ahvolda” bo‘lgan.

Porsche kompaniyasi ayolning ayblovlarini rad etdi va mashinaga hamda haydovchi va yo‘lovchiga yetgan zararlarning barchasida Rodasni aybdor qilib ko‘rsatdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi vakillari ta’kidlashicha, u mashinani xavfli ravishda haydab, “xavfga ongli va ixtiyoriy tarzda yuzlangan” va jonini xatarga qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik aktyor Pol Uoker 2013-yil dekabrida Los-Anjelesda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan edi.

Voqea aktyorning xayriya avtoshousi chog‘ida ro‘y bergan. Unda Pol Uoker va avtosalon xo‘jayini Rojer Rodas yangi Porsche Carrera GT’ni sinovdan o‘tkazayotgan edi.



Barcha izohlar: 2
dima02 yozdi: | 05.04.2015 | 12:40 #2 Спам
dima02 Afsus Joyi Janattan bosin
Like | 0
marufjon8909 yozdi: | 04.04.2015 | 20:57 #1 Спам
marufjon8909 Shu Aktiyor haqida ko'proq malumot tashen Admin
Like | 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]