Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33407
Реклама
TOP-10
Реклама
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Professional bokschi Vladimir Klichko amerikalik Brayant Jenningsni mag‘lub etdi

Ko'rildi: 762 | Bo'limi: Новости мира Teglar: Professional bokschi Vladimir Klich |


AQShning Nyu-York shahridagi muhtasham Madison Square Garden arenasida orziqib kutilgan professional boks jangi yakunlandi. Unda superog‘ir vazn toifasining WBA (Super), WBO hamda IBF yo‘nalishlarida amaldagi jahon chempioni ukrainalik 39 yoshli Vladimir Klichko amerikalik 30 yoshli da’vogar Brayant Jenningsga qarshi ringga ko‘tarildi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

Jang to‘laligicha 12 raund davom etdi. Klichkolarning kichigi Jenningsga nisbatan aniqroq harakat qildi va zarbalari ham shunga yarasha o‘z manziliga aniq yetib bordi. Yakunda hakamlar ikki bor 116-111 va 118-109 hisobida g‘alabani amaldagi jahon chempioniga taqdim etdi.

Ta’kidlash joiz, Vladimir Klichko 9 yildan beri superog‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lib kelmoqda. Bu borada u birgina afsonaviy Jo Luisdan ortda qolyapti. Luis o‘z vaqtida 11 yil-u 8 oy mobaynida chempionlik kamarini o‘zida saqlab turgan.

Shu tariqa, Vladimir o‘z unvonini 18 bor himoya qildi. Taqqoslash uchun, Larri Xolms 20, Jo Luis esa 25 marta chempionlik kamarlarini himoya qilgan.



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]