Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50258
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Shvetsariya banklarining mashhurligi nimada?

Ko'rildi: 455 | Bo'limi: Biznes |


“…pulingizni qaysi bankda saqlagan bo’lardingiz?” degan savolga, ko’pchilikning javobi: “Shvetsariya bankida!” bo’lishi aniq. Lekin bu javobni bilib-bilmay berishimizning sababini hech o’ylab ko’rganmisiz? Shvetsariya banklarining siri nimada?

XX-asr boshlarida yuzaga kelgan global iqtisodiy muammolar, Shvetsariya banklari uchun ichki qonunlar tizimining yaratilishiga turtki bo’ldi. Natijada, “Banking Act of 1934”ga asos solindi. Unga ko’ra, banklarning hisob raqamlari yoki bank mijozlari haqidagi har qanday ma’lumotning oshkor qilinishi qonun tomonidan taqiqlanishi va aks holda banklarning javobgarlikka tortilishi ochiq-oydin bayon qilinadi. Lekin bunga qadar ham 1713-yili Jeneva Konsuli tomonidan shunga o’xshash qonun-qoidalar to’plami e’lon qilingan edi: mijoz haqidagi ma’lumot bank tomonidan oshkor qilinsa, bank xizmatchisi 6 oygacha qamoq jazosiga va 50.000 Shvetsar franki miqdorida jarimaga tortilishi mumkin edi. Qiziqarli tomoni shundaki, odamlar bu banklarning faqatgina qattiqqo’l ichki siyosati va tartiblari tufayli emas, balki yana bir sabab tufayli qadrlashadi. Gap shundaki, Shvetsariya iqtisodiy tarafdan juda ham mustahkam va ishonchli davlatdir, undan tashqari 1505-yildan beri boshqa davlat bilan urushda qatnashmagan. Shuning o’zidan ham, bu davlatdagi banklarning qanchalik ishonchli ekanligini va davlat bo’yicha tartibsizliklarning kutilmasligini anglab yetishimiz mumkin.

Shvetsariya franki hech ham jiddiy inflyatsiyaga uchramaganligi bilan boshqa davlat pul bilrliliklari orasida alohida o’ringa ega. Banklarning sarmoya bo’yicha xizmatlari va internet bank tizimlari ham qulay va mukammal tarzda ishlab chiqilgan.

Shvetsariya Banki Uyushmasining 1984-yili “Depozitorlar to’g’risidagi”qonuniga kiritgan o’zgartirishlariga ko’ra, hattoki bank inqirozga uchragan holda ham, oqibatda mijozlarga yetgan zarar to’laqonli tarzda qoplanadi. Shvetsariya aholisi bankdagi hisob raqamidagi mablag’dan 35% ini davlatga soliq sifatida to’laydi. Lekin chet el fuqarolaridan hech qanday dividend ham soliq ham talab qilinmasligi, Shvetsariya banklari tomon dunyo boylaridan pullarning oqib kelishida asosiy sabab bo’lib xizmat qiladi. Istisno holatda, agar siz Shvetsariyadagi Nestle yoki Novartis kabi kompaniyalariga sarmoya kiritsangiz, shundagina siz ham soliq to’lashga majbur bo’lasiz. Meros sifatida qoldiriladigan pullardan ham hech qanday soliq olinmaydi. Chet el fuqarolari hisob raqami ochmoqchi bo’lsalar, 18yoshdan oshgan bo’lishlari shart.



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]