Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33410
Реклама
TOP-10
Реклама
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Timati YotaPhone foydasiga iPhone’dan voz kecha olmadi

Ko'rildi: 505 | Bo'limi: Новости мира Teglar: Timati YotaPhone foydasiga iPhone’d |


Reper Timati (Timur Yunusov) Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan birga Rossiyada ishlab chiqarilgan YotaPhone’dan foydalanishga o‘tishga da’vat etgan bo‘lsa-da, iPhone’dan voz kecha olmadi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.

Timatining Instagram sahifasida yangi fotosurat paydo bo‘ldi, unda xonanda Apple smartfoni yordamida selfiga tushayotgani aks etgan. Nashrning ta’kidlashicha, Timati bu masalada yolg‘iz emas — Ramzan Qodirovning o‘zi ham iPhone’dan voz kechishi haqida e’lon qilgan bo‘lsa-da, biroz vaqt o‘tib, AQSh qurilmasini ko‘tarib yurgani nazardan chetda qolmagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali xonanda Timatiga Rossiyada ishlab chiqarilgan YotaPhone smartfonini sovg‘a qilganini va o‘zi ham iPhone’dan voz kechishini yozgan edi.

“Men avvalroq iPhone’dan foydalanishdan voz kechmoqchi ekanligim haqida yozgandim. Shundan buyon YotaPhone’ni yaxshilab o‘rgandim. Bugun do‘stim Timati − Timur Yunusov kelgan edi. Men unga ham sovg‘a qildim. Bundan buyon ikkalamiz ham faqat o‘zimizning YotaPhone’dan foydalanamiz. U ishlatishga qulay, chiroyli dizaynga ega, eng asosiysi esa − bu Rossiya mahsuloti”, − deb yozdi Qodirov.



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]