Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33410
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Twitter’dagi xabar Minecraft yaratuvchisiga 2,5 mlrd dollar keltirdi

Ko'rildi: 212 | Bo'limi: Новости мира |


Minecraft yaratuvchisi Markus Persson Forbes jurnaliga bergan intervyusida nima uchun 2014-yilda Microsoft’ga Mojang kompaniyasi va Minecraft brendini 2,5 milliard dollarga sotishga rozi bo‘lgani haqida gapirib berdi.

O‘tgan yilning 16-iyunida u o‘z Twitter’ida hazilomuz xabar qoldirgan, unda Mojang’dan qutulmoqchi ekanligini yozgan edi. Bunga o‘yin kompaniyalarining zudlik bilan e’tibor qaratgani muhim omillardan biri bo‘lgan.
Mojang ijro etuvchi direktori Karl Manne so‘zlariga ko‘ra, u o‘sha xabarni ko‘rganidan 30 soniya o‘tar-o‘tmas Microsoft’dan qo‘ng‘iroq bo‘lgan.

Persson Mojang’ni yanada qimmatroq sotish mumkin edi, deb hisoblaydi, biroq buning uchun vaqt talab etilar edi, Persson esa kompaniyadan tezroq qutulishni istardi.

Mojang’ni xarid qilishga Microsoft’dan tashqari Activision Blizzard, Electronic Arts va boshqa kompaniyalar ham qiziqish bildirdi. Shvetsiyalik ishlab chiquvchilar esa Microsoft’ni tanladi.

Manba: Daryo



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]