Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33414
Реклама
TOP-10
Реклама
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Xonanda Shahzoda Yevropada ham mashhurlikka erishmoqda

Ko'rildi: 772 | Bo'limi: Шоу-бизнес Teglar: Xonanda Shahzoda Yevropada ham mash |


Bir necha yillar avval jahonga mashhur Akcent guruhi bilan hamkorlikda yaratilgan All alone taronasi xit darajasiga ko‘tarilgani sir emas. Buxarestning Mango records kompaniyasi ana shu taronaning omadidan ilhomlangan holda maftunkor xonanda Shahzodaga yana bir yirik loyihada ishtirok etish uchun taklif berdi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.

 Mazkur kompaniya Shahzodaning ijodini Yevropada yanada ommalashtirish maqsadida yangi qo‘shiq yozish taklifini bildirdi. Shu tariqa, Shahzoda tomonidan yangi Mon cheri (“Moy dorogoy”) deya nomlangan saund yaratildi. Mango records kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan bu qo‘shiqning mualliflari va prodyuseri Akcent guruhining sobiq vakili Gruia Mihai va Dorian Oswin hisoblanadi.

Qo‘shiq ikki tilda, ya’ni ingliz va fransuz tillarida kuylangan bo‘lib, 25-mart kuni uning xalqaro premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, bu qo‘shiq uchun mamlakatimizning mahoratli klipmeykerlaridan hisoblangan Timur Primqulov tomonidan videoklip ham suratga olingan bo‘lib, klip aynan 25-mart sanasida eksklyuziv ravishda taqdim etiladi.

Mon cheri qo‘shig‘ini iTunes, Amazon, Google Music portallari orqali yuklab olish, videoklipni esa YouTube orqali tomosha qilish va yuklab olish mumkin bo‘ladi. Bu klip ko‘plab mamlakatlarning turli musiqiy kanallari orqali namoyish etilishi ham mo‘ljallangan.



Barcha izohlar: 2
BeK9495MM yozdi: | 03.04.2015 | 13:50 #2 Спам
BeK9495MM klassssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssss
Like | 0
i5023668 yozdi: | 30.03.2015 | 18:57 #1 Спам
i5023668 kkl[

l
Like | 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]