Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 35107
Реклама
TOP-10
Реклама
Теги
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Yoshlar Ittifoqini nega hamma yomon ko'radi?

Ko'rildi: 69 | Bo'limi: Новости Узбекистана |


oshlar Ittifoqini hamma yomon ko'radi. Men, u, ular, magazinchi G'aybulla...

Talabalik vaqtim darsda o'tirganimda, auditoriyaga universitet rahbariyatidan bir kishi bir necha «dumi»ni ergashtirib kirib keladi. Kekkaygan bu kishi barchani tik turg'izib, po'pisa ohangida gapirar ekan, he yo'q, be yo'q, jurnalistika fakultetini yopib yuborish bilan tahdid qiladi. Kimningdir galstuk taqmagani, kimningdir umuman formada emasligi (kamina esa ham galstuksiz, ham oq ko'ylaksiz, kamiga bosh kiyim bostirilgan alfozda) fakultetimiz taqdirini xavf ostida qoldirgandi. O'sha kishi qaysi dars ekani, nima o'tayotganimiz, jurnalistikadan nima bilishimiz bilan qiziqmagan, albatta.

O'sha qoruvli amaldor mansab pillapoyalarida tez ko'tarildi. O'zim har safar uning yangi lavozimlari haqida xabar yozdim.

Shu kunlarda Shayxontohurdagi litseyda bo'lgan hodisa o'sha kunni eslatdi. Albatta, bu boshqa zamon va boshqa makon, lekin bitta umumiylik bor - o'qituvchining darsi, o'quvchining huquqlari buzilmoqda.

Aniqlashtiramiz. O'tgan haftada feysbuk ijtimoiy tarmog'ida Shayxontohur tumani Yoshlar Ittifoqi raisi Husniddin Mamatov tumandagi litseylardan birida amalga oshirgan xatti-harakatlari muhokamalar markazida bo'ldi. Litseyda ona-tili va adabiyot fanidan dars beruvchi o'qituvchi Zulfiya Rashidovaning bayon qilishicha, Mamatov dars vaqti xonaga kirib kelgan va o'qituvchini pisandlik qilmasdan, uni aylanib o'tib, o'quvchilarni tergay boshlagan. U o'quvchilarni so'roq qilib bo'lgachgina, xonada o'qituvchi ham borligini «payqagan». Keyingi savollar o'qituvchiga beriladi.

Dialog Rashidovaning tilidan keltiriladi:

...Keyin rais borligimni payqab qoldi:
– Nega partaning ustida telefon bor? Vazirlar Mahkamasining qarorini bilmaysizlarmi? Darsda telefondan foydalanish mumkin emas!
– Fanimiz – adabiyot qoidalari. Litseyda darslik yo'q, biz darslarda telefonda elektron shaklda o'qiymiz asarlarni, rasmga olib bir-biriga o'tkazishadi ma`lumotlarni, dedim.
(To'g'ri, bu gapni aytish uchun o'rnimdan turmadim, u qanaqa sovuq gapirgan bo'lsa, shunday javob qildim). Raisga bu yoqmadi va ko'zi bilan boshqa telefonni topdi:
– Nima, Perfectum telefon ham rasmga oladimi?
(Xo'sh, nima deyishim kerak edi shu paytda?
A. Telefon markalarini va ularning imkoniyatlarini bilmayman (rosti ham shu).
B. Tirnoq orasidan kir qidirmang.
C. Kim senga huquq berdi men bilan bunaqa gaplashishga? Kimsan o'zi?)
Yana ko'p variant keldi miyamga, lekin:
– Aynan bu telefonni bilmadim-u, odatda shunaqa qilamiz.
Keyin u yana sinfga ko'z yugurtirdi-da, orqa partada o'tirgan bolaning saqich chaynayotganini payqab qoldi va menga qarab dedi:
– Darsda saqich chaynash mumkinmi, nega indamaysiz?
Indamadim.
– Sizga gapiryapman.
Keyin tahdidona qaradi-da, yordamchisiga dedi:
– Menga shu o'qituvchining ism-familiyasini yozib bering.
O'zimdan so'rasa ham aytardim.

Shundan so'ng Mamatov boshqa guruhga kirganida, Zulfiya Rashidovaga adovatini davom ettirgan. U ikkinchi guruh o'quvchilariga (bu guruhga ham Rashidova dars o'tadi) «Litseydagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga bo'ysunmaydigan o'qituvchilarni haydashlarini» aytadi. U Rashidovaning familiyasini aniq qilib aytgan va «uning ortida kim turgani», «nega bu qadar o'ziga ko'p ishonishi»ga qiziqadi.

Zulfiya Rashidovaning o'zi ma`lum qilishicha, bu posti shov-shuv keltirib chiqargach, Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashidan qo'ng'iroq bo'ladi. Qo'ng'iroq qilgan «madaniyat bilan» muomala qiladi, «tuman raisi yoshlik qilgan bo'lishi mumkinligi» haqida aytadi. Ammo, uzr so'ralmaydi.

Keyingi kuni litsey rahbariyati iltimosiga ko'ra Zulfiya Rashidova feysbukdan birinchi postini o'chirgan (bu post ungacha ayrim saytlarda aynan e`lon qilingan, feysbukdagi boshqa sahifalarga ko'chirilgan). Bu haqda Rashidova ikkinchi postida yozgan

Alal-oqibat o'qituvchining sha`ni toptalgani qoldi, yillar davomida yig'ilgan obro'si to'kilgani qoldi, keraksiz «mashhurlikka erishgani» qoldi. O'quvchilari oldida yerga urilgan o'qituvchi oxir-oqibat o'z so'zlarini qaytarib olishga majbur bo'ldi. Litsey rahbariyati esa ochiq-oydin adolatsizlikka ko'z yumdi - o'qituvchisining yonida turmadi.

Yana bir, juda ilgari bo'lib o'tgan voqea esga tushadi («Tafakkur»da, Erkin A`zam sahifasida o'qigan edim).

1902 yili Maksim Gorkiy Rossiya Fanlar akademiyasi faxriy a`zoligiga qabul qilinmaganida Chexov bilan Korolenko norozilik tariqasida ilmiy dargohni tark etgan ekan. 

Tadbirlarda, matbuotda va duch kelgan boshqa joylarda ma`naviyat haqida so'zlovchilarga ma`naviyat asli qanday bo'lishidan saboq bu!

Nohaqlikka qarshi tura olmaydiganlar, safdoshining yonida yelkadosh bo'la olmaydigan loqayd tomoshabinlar uchun ham ibrat bu.

Emishki, «Ittifoqchi kirib kelganida o'qituvchi telefon o'ynab o'tirgan bo'lgan». O'sha vaqtda xonada bo'lgan o'quvchilar siz yolg'onchiga qarshi guvohliklik beradi janob ittifoqchi.

Ikkinchi tomonning iddaosicha, «Rashidova matnni o'zi yozmagan, ittifoqni obro'sizlantirish uchun birovga maxsus yozdirtirgan». Tanish manzara. Fosh etilganlar cho'kish xavfida shunday xaslarga tarmashadi.

Shuncha muhokamalar va e`tirozlardan keyin ham, tashkilot tuman raisining xatosini tan olmadi. 

Tashkilot rahbarining hisoblashicha, «bu shov-shuvlar ittifoq ishlayotganidan dalolat». Bu soddalikmi, o'zgalarni sodda ko'rishmi?

Mana nega Yoshlar Ittifoqini nega hamma yomon ko'radi. «Shov-shuvlar ishlayotganimizdan dalolat», «Mevali daraxtga tosh otiladi» qabilidagi gaplar bilan aravani quruq olib qocha olmaysiz, qoruvli janob. Bahoni xalq bermoqda.

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yarim yil muqaddam, 30 iyun kuni «Kamolot» YoIH negizida O'zbekiston yoshlarining yangi tashkiloti - O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etilishi to'g'risida e`lon qilgandi. Tashkilotning byudjyet mablag'i 200 milliard so'm etib belgilandi.

Keyinroq tashkilot uchun ko'pdan-ko'p imtiyozlar taqdim etildi. Yoshlar ittifoqi faollari oliy ta`lim muassasalariga imtiyozli qabul qilinadigan bo'ldi, ittifoq tavsiyasiga ko'ra askarlar OTMga o'qishga kirishi mumkin bo'ldi, ittifoq faollari uchun avtokreditlar ajratildi, ittifoq xodimlari poytaxtga propiska qilinishi belgilandi, hatto, UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori O'zbekiston yoshlar ittifoqi a`zolari uchun bepul tarif rejasi taqdim etdi, va nihoyati 2018 yilning 1 yanvaridan yagona soliq to'lovining 8 foizi O'zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg'armasiga o'tkaziladigan bo'ldi.

Biz soliq to'lovchi fuqarolar ittifoqqa ajratilayotgan mablag'lar qayerga ketayotganini bilishimiz kerak. Biron marta xarajatlar, har bir tiyin qayerga sarflangani to'g'risida hisob berildimi?

O'z nomi bilan tashkilot mohiyatiga ko'ra yoshlar bilan ishlab, ularga yordam ko'rsatishi kerak. Tashkilot qishloqlarda, mahallalarda, xorijda, hamma joyda yoshlarning muammolarini hal qilinishida ishtirok etishi kerak. 

Ularni nohaqlikka uchrab, o'qishga kira olmagan abituriyentga, yoki o'qishdan haydalayotgan talabaga, bir necha chaqirimdan uyiga suv tashiyotgan kelinlar va yoki yosh qizlarga, o'qituvchisi metallom olib kelmasang darsga kelma, deb darsdan chiqarib yuborgan o'quvchilarga yordam berganini, muammolarga qarshi ochiq kurash olib borganini ko'rdikmi? 

Yarim yil ichida Yoshlar ittifoqi ko'proq qaysi ishlari bilan yodda qoldi? Colgate'dan ilhomlanib tayyorlangan yangi logotip uchun 10 million to'lagani bilan. Yoshlarning kiyimini yechishi, tashqi ko'rinishi uchun barchaning oldida izza qilish, kamsitish bilan. Paxta dalalaridagi jonbozlik bilan. Turli aksiyalar, tomoshalar, turnirlar, tanlovlar, uchrashuvlar tashkil etish, ko'pdan-ko'p memorandumlar imzolashi bilan. Eshiklar yopilishi bilan unutiladigan va`dalar bilan... Mana endi bir mushtipar bir o'qituvchiga tahdid qilinishi bilan.

«O'qituvchiga osilmagan sen qoluvding o'zi».

Mening ko'z o'ngimga Yoshlar Ittifoqi deganda «kamolotchilar» kelaveradi haliyam. O'sha-o'sha yuzi silliq, ovozi tiniq, maddohlikda o'zaro bellashadigan, gapga chechan, yaltoqlanishga usta, barcha tadbirlarda qatnashgisi keladigan, selfiparast, tadbirboz yigit-qizlar qatlami. Fikrsizlik birlashtirgan yigit-qizlar. Faqat nomi yangilangan eski tashkilot.

Aziz Qarshiyev



Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]