Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33415
TOP-10
Реклама
Теги
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Hikoya

Bo'limi: Hikoyalar |



Odatiy shahar maktablaridan
biridagi otadiy öquv kuni.
Öquvchilar darsda ötirgan
vaqtida qizlardan biri
anchagina katta miqdordagi
puli yöqolganligini aytib qoldi. Öqituvchi ayol sinfda ög'ri
öquvchi paydo bölganidan
nihoyatda g'azablandi. U
xonadan hech kim
chiqmasligini va öquvchilarning
sumkasini bittama-bitta tekshirib chiqishini aytib qoldi.
Tekshirish birinchi qatordan
boshlandi.
Öqituvchi asabiy holatda
hammaning sumkasini birma-
bir nazoratdan ötkaza boshladi. Shu vaqtda oxirgi
qatorda ötirgan qizlardan biri
xavotirlana boshladi. U
nihoyatda hayajonlanar, qöllari
titrar, hadik bilan öqituvchiga
tikilgancha öylardi: «Navbat menga yetib kelganida nima
qilaman? Sumkamni ochib
körishsa, sharmanda
bölamanku!»
Nihoyat öqituvchi uning
qarshisiga yetib kelganida, qiz juda bezovta, közlari mungli,
hadikdan qaltirab turardi.
Öqituvchi undan sumkasini
ochib körsatishni söraganida,
qiz sumkasini berishdan bosh
tortdi. Sinfda g'ala-g'ovur kötarildi. Hammaning shu qiz
ög'ri ekanligiga ishonchi komil
edi. Öqituvchi bu safar baland
ovozda qizdan sumkasini
berishni söradi. Qiz rad etgach,
g'azablangan öqituvchi uning yuziga tarsaki tushirdi va
nafrat bilan pichirladi: "Ög'ri!"
Qizning lablarining bir chetida
qon izlari körindi, yuzlariga
yosh dumaladi.
Öqituvchi qizni maktab direktorining xonasiga olib
bordi. Direktor qizdan
sumkasini unga berishni qat'iy
talab qildi. Qiz sumkasini
direktorga uzatarkan, yig'lagan
ovozda pichirladi: "...men... ilojsizlikdan...." Direktor va
öqituvchi sumkani ochib
körishdiyu bir muddat jim bölib
qolishdi. Sumkaning ichida bir
nechta non bölaklari va ovqat
qoldiqlari bor edi. Qiz mungli ovozda hammasini
tushuntirdi: «Меn sumkamni
sinfdoshlarim oldida ochib
körsatishni xohlamadim. Ular
menga past nazar bilan
qarashlaridan, ustimdan kulishlaridan qörqdim. Меn
doim sinfdoshlarimdan ortib
qolgan non bölaklari va ovqat
qoldiqlarini yig'ib yuraman.
Uyga borganimda esa onam,
men va ukalarim bularni birgalikda baham köramiz.
Mening otam ölgan... Onam
kasal... Ukalarim och... Bizning
bundan boshqa tirikchiligimiz
yöq..» Ustozlarning yuziga yosh
sizdi. Qiz öksib yig'lar, yuzidagi
tarsaki izi esa qizarishni
boshlagandi....







Barcha izohlar: 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]