Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33410
TOP-10
Реклама
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Bermud uchburchagi

Bo'limi: Har-xil | Teglar: Bermud uchburchagi haqida |


Bermud uchburchagi – bu Bermud orollari, Floridadagi Mayami va Puerto-Riko oralig‘idagi hudud bo‘lib, uning maydoni 1000 kvadrat kilometrdan ziyodroq. Uni, shuningdek, “shayton dengizi”, “Atlantika qabristoni”, “qarg‘alganlar dengizi” deb ham atashadi. Ana shu nomlar orasida eng ommalashgani “Bermud uchburchagi” bo‘lib qoldi. Lekin nega endi Bermud? Axir Bermud orollari bu uchburchak tepaliklaridan biri, xolos. Qolaversa, hudud markazida ham joylashmagan. Ehtimol, ko‘plab sirli yo‘qolishlar aynan Bermud orollari atrofida sodir bo‘lgani, so‘zning o‘zi ham ancha ifodali va jarangdor ekanligi bunga sabab bo‘lgandir? Xullas, “Bermud uchburchagi” so‘zi iste’molga o‘zining fonetik qiymati tufayli kirib kelgan, deyish asosliroq bo‘ladi.

Mazkur hudud sohillarining relefi yaxshi o‘rganilgan, ular neft va boshqa foydali qazilmalar izlab bir necha bor qazilgan. Yilning turli davrlarida suv oqimi, uning tuzlilik darajasi va harorati, okean ustida havo massalarining harakati – barcha tabiiy ma’lumotlar o‘rganilib, maxsus kataloglarga kiritilgan. Bu hudud shu kabi boshqa geografik joylardan unchalik jiddiy farq qilmaydi.

Sirli olovlar va G‘alati Halokatlar

Dengizchilar Bermud uchburchagini turlicha atashadi: “ajal uchburchagi”, “falokat keltiruvchi dengiz”, “Atlantika qabristoni”. Ko‘p asrlar davomida sayohatchilar tasodifan bu joyda ba’zan sirli sokinlikka, ba’zan esa dahshatli bo‘ronlarga duch kelishgan. Xristofor Kolumb ham, ummonning mana shu qismiga kelganida, o‘zining kema jurnaliga qiziq dalilni yozib qo‘ygan: guruh a’zolari suvda o‘ziga xos, nurlanuvchi dog‘lar suzib yurganini ko‘rishgan. Bu sirli yog‘dular – ko‘pikka o‘ralgan nurlanuvchi dog‘larni hozirgi kunda ham kuzatish mumkin. Ba’zan bu nurlanish shu darajada kuchli bo‘ladiki, uni hatto kosmosdan ko‘rish mumkin. “Apollo-12″ fazoviy kemasida uchgan amerikalik astronavtlarning hisobotida ko‘rsatilishicha, start payti ular Bermud uchburchagi hududida g‘ayrioddiy lipillagan yog‘duni ko‘rishgan. Mazkur xavfli zonada bo‘lganlar ham g‘alati sukunatlar, suv o‘ramlari va tasodifiy dovullar haqida gapirishadi. Bundan tashqari, barcha asbob-uskunalar bu yerda buzilib qoladi yoki to‘g‘ri ishlamaydi, kompas millari g‘irillab aylanaveradi; uchuvchilar ob-havoning to‘satdan yomonlashganini ko‘rishgan. Sirli o‘zgarishlar boshlanishidan burun esa ufqni g‘alati sariq tuman qoplab olarkan.Bermud uchburchagi ba’zan dengiz va havoda haqiqiy xavf tug‘diradi. Bu joy Yer yuzidagi kompas to‘g‘ri ishlamaydigan ikkita hududdan biridir. Buning natijasida esa kema va samolyotlar noto‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanishi, bu haqda komanda a’zolari umuman bilmasligi mumkin. Balki aynan shuning uchundir, bu yerda hatto dengiz jonivorlari ham g‘alati: baliqchilar bir necha bor g‘alati hodisaga – to‘nkarilgan (qorni osmonga qaragan) holda suzayotgan baliqlarga duch kelishgan.

Arvohlar

Bermud uchburchagi 1840 yildanoq mudhish nom chiqara boshlagandi. O‘shanda Bagam orollari poytaxti – Nassau porti yaqinida fransuzlarning “Rozali” nomli yelkanli kemasi paydo bo‘lib qolgandi. Uning barcha yelkanlari ko‘tarilgandi, hamma asbob-uskunalar soz edi, biroq kema guruhi yo‘q edi. Uni ko‘zdan kechirishganida aniqlandiki, kema ajoyib, soz holatda, hech qanday shikastsiz, yuki ham joyida ekan. Lekin ekipaj qayoqqa g‘oyib bo‘lgan? Kema jurnalida ham, ishning mohiyatiga aniqlik kirituvchi birorta yozuv topilmadi. “Bermud uchburchagi” atamasi qachonlardir dengiz sirlari haqida yozuvchi amerikalik adib Vinsent Gaddis tomonidan o‘ylab chiqilgandi. U shunday yozgan: “Floridadan Bermud orollariga, u yerdan – Puerto-Rikoga va keyin yana Bagam orqali Floridaga xayolan chiziq torting. Kema halokatlarining ko‘pchilik qismi aynan mana shu uchburchakda sodir bo‘ladi”. Reportyorlar ham, ko‘pchilik kemalar halokati yoki g‘oyib bo‘lishini tavsiflashda “Bermud uchburchagi” atamasini qo‘llashga harakat qilganlar. To‘g‘ri, bu hol sirli va xavfli “uchburchak” bilan aloqador ko‘pchilik jumboqlarning yechimini bermaydi. Masalan, Britaniyaning “Atlanta” kemasi 1880 yil yanvarda Bermud orollaridan Angliyaga yo‘l olgan. Uning 290 kishilik ekipajini asosan yosh stajyorlar tashkil etardi. Kema izsiz g‘oyib bo‘lgan, eng sinchkov qidiruvlar ham natija bermadi. Britaniya Harbiy dengiz flotiga qarashli oltita kema, bir-biridan bir mil uzoqlikda suzib, “Atlanta” g‘oyib bo‘lgan hududni tekshirishdi. Qidiruv to‘rt oy davom etdi, ammo hech qanday halokat izlari uchramadi. 1881 yilda esa “Elen Ostin” yuk kemasi Bermud uchburchagi chegarasida “arvoh kema”ga – yelkanlari yoyilgan kichikroq kemaga duch keldi. Bu g‘alati kemachaning bortiga yuk sifatida ko‘p miqdorda qizil daraxt ortilgan, ammo komandadan asar ham yo‘q edi. “Elen Ostin”ning kapitani avvaliga bunaqa omadga ishonolmadi. U tashlab ketilgan bu kemani o‘zinikiga tirkab olishga qaror qilib, unga o‘z odamlarini yubordi. Biroq kutilmaganda kuchli shamol ko‘tarildi. Kemalar bir-biridan ajralishdi va egasiz kema ko‘zdan yo‘qoldi. Ikki kundan so‘ng “Elen Ostin”dagilar o‘sha kemaning dengiz yuzida sokin suzib borayotganini ko‘rishdi. Ikki kun oldin unga yuborilgan matroslar o‘lishgan ekan. Ammo sirli kema jumboqlari bu bilan tugamadi. “Elen Ostin” kapitani, qimmatbaho yukli bu kemani qanday qilib bo‘lmasin qo‘lga kiritishga qattiq ahd qildi. Lekin yana bo‘ron ko‘tarildi va sirli kema, kapitan tomonidan unga yuborilgan kishilar bilan birga yana g‘oyib bo‘ldi. Bu safar u qayta paydo bo‘lmadi. XX asrda bu yerdagi ilk sirli holat – 1918 yilda AQShning “Siklop” kemasining yo‘qolishi bo‘ldi. Uzunligi 500 fut, sig‘imi 19,5 tonna bo‘lgan bu kema 4 martda Karib dengizi bo‘ylab Barbadosdan Norfolk tomon yo‘lga chiqdi. “Siklop” 309 kishidan iborat komandasi va qimmatbaho yuk – marganets rudasi bilan birga yo‘qolganida, uni nemislar minasiga uchragan yoki suvosti kemasi tomonidan yo‘q qilingan, deb o‘ylashdi (Birinchi jahon urushi ketayotgandi). Ammo keyinroq nemislarning harbiy arxivlari tekshirilganda, bu farazni chetga surishga to‘g‘ri keldi. Hujjatlarning tahlili shuni ko‘rsatardiki, “Siklop”ning yo‘lida mina ham, suvosti kemalari ham bo‘lmagan ekan. Kema g‘oyib bo‘lgan kuni ob-havo juda yaxshi, dengiz to‘lqinlari me’yordagidek, shabada yengil edi.

Bularning bari kemaning bo‘ronga uchragan bo‘lishi mumkinligini rad etadi. Harbiy dengiz floti vakillari ham: “Bizning flotimiz tarixida “Siklop”ning g‘oyib bo‘lishi eng sirli jumboqlardan biridir”, deb bayonot berishgan.
Bu kemalar bir-biriga mutlaqo o‘xshamasdi. Ularning yuk miqdori, kattaligi, yasalgan yili turlicha edi. Biroq bari bir-biriga o‘xshash holatlarda yo‘qolishgan: barchasida radioperedatchiklar mavjud bo‘lsa-da, birorta kema radio orqali yordamga chaqiruvchi “SOS” signalini bermagan. Bundan tashqari, ular g‘oyib bo‘lgan vaqtlarda hech qanday bo‘ron ham bo‘lmagan. Bermud uchburchagida olib borilgan eng batafsil qidiruv ishlari ham bu kemalar va ular komandasining g‘oyib bo‘lish sababini izohlab berolmadi. Faqat Yaponiyaning “Rayfuku Maru” yuk kemasi bundan mustasno. U 1924 yilning qishida Bagam va Kuba oralig‘idan turib, qo‘rqinchli xabar yuborgan. Radiogrammaning oxirgi so‘zlari shunday edi: “Xavf tasavvurga sig‘maydigan darajada buyuk… Aftidan… Biz qutulib ketolmaymiz…” Bu qanday xavf ekanini baribir hech kim bilolmadi. Yana ham jumboqlirog‘i, “Rayfuku Maru”ning yordam so‘rab yuborgan chaqiruv chignalini olib, unga ko‘makka borgan boshqa kemadagilar, ko‘rsatilgan hududda hech nima topolmadi: na kema parchalari, na biror jasad yo‘q edi. Bu Bermud uchburchagining navbatdagi qurboni edi… Mana, tinchlik paytidagi hodisa haqida ma’lumot. 1953 yilning 2 fevralida Bermud uchburchagidan sal shimolroqda, bortida 39 nafar ekipaj a’zolari va harbiylar bo‘lgan Angliya harbiy-transport samolyoti havoga ko‘tarilgandi. To‘satdan ular bilan aloqa uzilib qoldi, samolyot belgilangan vaqtda bazaga qaytib kelmadi. Falokat yuz berganligi taxmin qilinayotgan hududda “Vuduord” yuk kemasi hech nima topolmadi: kuchli shamol esar, dengizda sal to‘lqin bor edi. Biroq na yog‘ dog‘lari, na samolyot siniqlari uchramadi. Ellikta kema va samolyot falokatidan iborat bu ro‘yxatning oxirida hozircha “Anita” yuk kemasi turibdi. Ko‘mir ortilgan bu kema 1973 yil mart oyida Norfolk portidan Atlantika okeaniga chiqqan, u Gamburgga yo‘l olgandi. Bermud uchburchagida u bo‘ronga duch kelgan va “SOS” signalini ham yubormasdan cho‘kib ketgan. Oradan bir necha kun o‘tib, dengizdan “Anita” yozuvli bittagina qutqaruv balloni topildi.

Faraz va taxminlar
AQSh Okean va atmosfera milliy jamiyati vakillari quyidagi ma’lumotni e’lon qilishgan: “Mazkur g‘oyib bo‘lishlar sababini aniqlashga bo‘lgan AQSh Harbiy havo kuchlari va Harbiy dengiz floti va qirg‘oq qo‘riqlovi xizmatlarining barcha harakatlari hozircha qoniqarli natija bermadi”.
“Iblis uchburchagi” nomli ommabop kitobning muallifi Richard Vayner shunday yozadi: “U yerda afsonaviy, g‘alati hodisalar sodir bo‘ladi. Ular hamisha ham kishilar va asboblarning xatosi, mexanizmlarning buzilishi, ob-havo injiqliklari va magnit anomaliyalari bilan bog‘liq emasligiga men ishonaman”. Noma’lum uchuvchi jism (NUJ)lar bo‘yicha mutaxassis, “G‘oyiblik ostonasi” kitobi muallifi Djon Uollis Spenserning izohi yanada fantastikroq. Uningcha, ummon tubida fazodan kelgan kelgindilar o‘z koloniyalariga asos solishgan. “Mazkur yuksak ongli mavjudotlar, – deb yozadi u, – g‘oyib bo‘lgan kemalar, samolyotlar va ularning ekipaj a’zolaridan o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari uchun foydalanadilar. Albatta, mening farazim haqiqatdan uzoq tuyuladi, ammo bu kabi hodisalar uchun boshqa izoh topib bo‘lmaydi-da”. Bermud uchburchagi masalasiga kelganda, fazoviy kelgindilarni eslovchi nazariyalar tobora ko‘proq uchramoqda. Ko‘pchilikning taxminicha, bu kema va samolyotlarning suvga g‘arq bo‘lganidan ko‘ra NUJlar tomonidan o‘g‘irlab ketilgani haqiqatga yaqinroq. Ayniqsa, Dengiz ishlari departamenti komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotdan so‘ng NUJlar haqidagi fikrlar tobora ko‘paymoqda. Bir safar g‘oyib bo‘lgan amerikalik bombardimonchilar haqida kimdir: “Ular xuddi Marsga uchib ketgandek, birdan g‘oyib bo‘lishdi” degan edi. Buning ustiga, g‘oyib bo‘lgan beshta samolyotdan birining uchuvchisi qo‘rquv aralash ortidagi boshqa samolyot uchuvchisiga: “Mening izimdan kelma, ularning ko‘rinishi xuddi fazoviy kelgindilarga o‘xshaydi”, deganini bir radiohavaskor eshitib qolgan ekan. Bu xabar Yel universiteti bitiruvchisi Charlz Berlitsni juda qiziqtirib qo‘ydi. U g‘oyib bo‘lgan Atlantida haqidagi afsonalarning ishqibozi edi va Bermud uchburchagining sirini ham o‘sha afsonaviy qit’a bilan bog‘lashga urindi. Berlitsning faraziga ko‘ra, qachonlardir Atlantidada ulkan quyoshsimon kristall bo‘lgan va hozirda u ummon tubiga tushib qolgan. “Mana shu kristall, – deya ta’kidlaydi Berlits, – kemalar va samolyotlarga chalg‘ituvchi signallar yuboradi va ba’zan ularni okean qa’riga tortib ketadi”.

2001 yilda Bermud uchburchagi siri ochilganligi to‘g‘risidagi navbatdagi xabar tarqatildi. Yangi versiyaga ko‘ra, Bermud uchburchagi va boshqa shu kabi joylarda kemalar okean tubidan keluvchi metan pufaklari ta’sirida cho‘kib ketishgan. Suv ostidan ko‘tariluvchi ko‘p miqdordagi pufaklar suvning zichligini pasaytiradi va kema o‘z suzuvchanligini yo‘qotadi.
Montereydagi (Kaliforniya) harbiy-dengiz maktabi tadqiqotchisi Bryus Denardo bu farazni tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Bir qarashda, bu taxmin sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydi, axir, pufakchalar va ularga ilashgan suv oqimi yuqoriga tomon yo‘naladi va kemani ham yuqoriga itarishi kerak. Buni tekshirish uchun tajribachilar suv yuzida zo‘rg‘a suzadigan (zichligi suvnikidan salgina yuqori bo‘lgan) sharchani suvli idishga solib, pastdan havo pufakchalari yuborishdi. Buni qarangki, sharcha darhol cho‘kib ketdi.

Yaqinda  Shveysariya oliy texnika maktabining fizik olimlari bu sirni ochganlarini e’lon qildilar. Ular okeanda xuddi fazodagi kabi qora tuynuklar borligini ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha, shunday tuynuklardan biri mashhur Bermud uchburchagida joylashgan. Dengiz girdoblari va kosmik qora tuynuklar orasidagi o‘xshashlik matematik amallar yordamida topilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, okean yuzasidagi girdoblarni ifodalovchi hisob-kitoblar va fazoviy qora tuynuklardagi bo‘shliq va vaqt og‘ishlarini ifodalovchi hisob-kitoblar matematik nuqtai nazardan hech nimasi bilan farq qilmaydi. Olimlar ushbu hisob- kitoblar yordamida “o‘lik” zonalarga tushgan predmetlar ularda uzoq vaqt qolib ketishi mumkinligini aniqladi. Olib borilgan tahlillar dengizga tushadigan chiqindilar aylanmasi fenomenini aniqlash imkonini berdi. Shuningdek, olimlar Bermud uchburchagining siri ham nafaqat chiqindilar, balki kemalar va samolyotlar ham tushib qoladigan shunday “o‘lik” zonalarda bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

manba: livesience.com, ziyouz.com, wikipedia.org





Barcha izohlar: 7
maestro_007 yozdi: | 10.10.2014 | 17:28 ( E-mail ) #7 Спам
maestro_007 Bul juda juda sirli alem onin sheshimi menimshe joq dep oylayman sebebi usi waqitqa deyin Bermud tin sirin eshkim bilalmay atr. Admin Bermud haqqinda hazirgi zaman alimlari qanday pikirde eken. Bermud haqqinda jana dan jana xabarlardi kutip qalamiz.
Like | 0
4272128 yozdi: | 06.09.2014 | 19:04 #6 Спам
4272128 Bu olamada siri aniq ochilmagan narsalar ham ko'p
Like | 0
Azikooo yozdi: | 06.09.2014 | 17:27 #5 Спам
Azikooo Endi kubik rubik yig'isg xaqida malumot bolsa zor bolar edi
Like | 0
suhrob0903 yozdi: | 05.09.2014 | 21:51 #4 Спам
suhrob0903 men ham bu xaqida maktada geografiya 6qtuv4imdan ewitgandim. Bu haqida TV da ham k6rsatiwgandi. Bu ayni xaqiqat deb 6ylayman
Like | 0
uhijokpl yozdi: | 05.09.2014 | 20:31 #3 Спам
uhijokpl buni netda oqiganidim yechimini bu vaqtlar aro qozgalish ekan kak telipartatsiya bordek
Like | 0
Muloqot_asia yozdi: | 30.08.2014 | 16:58 #2 Спам
Muloqot_asia Охиригача укишга токат киломадим, жуда узун!
Like | 0
Babnik_96 yozdi: | 26.08.2014 | 16:28 #1 Спам
Babnik_96 Bu haqda maktavda geografiya oqruv4im aytib bargandi maniwonmagandim rostanan ekanda
Like | 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]