Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Оцените наш сайт, как?

Barcha ovozlar: 33406
TOP-10
Реклама
Теги
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Google haqida faktlar

Bo'limi: Har-xil |


#1 Google yirik qidiruv tarmog'iga 1998- yil 7-sentabrda Sergey Brin hamda Larry Pagelar tomonidan asos solingan bo'lib,ushbu tizim hozirda internetda mashhurligi bo'yicha birinchi o'rinda bormoqda (u 70% qidiruv so'rovlarini amalga oshiradi). Google 100 dan ortiq tillarda so'rovlarni qayta ishlaydi. Kompaniya shiori esa “Don't be evil” ya'ni “Zolim bo`lma”.
#2 Google ni avvaliga “googol” qilishmoqchi bo'lishgan, reja bo'yicha domen “googol.com” edi, lekin tashkilotchilardan biri domenni ro'yxatdan o'tkazayotib imloviy xato qilgan va “l” harfi tushib qolgan. Bu nom tashkilotchilarga yoqib qoladi hamda sayt shu domenda qolgan. Bu esa internet olamida eng yirik omadli “xato” lardan biri hisoblanadi. Ha aytgancha, Google degani – bu 1 dan keyin 100 ta noli bor bo'lgan son ya'ni, 100000….000 (100 ta nol)!
#3 Xodimlar bo'limiga yuborilgan rezyumelarning barchasi diqqat bilan o'rganib chiqiladi. Har 10 ta rezyumedan 1 tasiga telefon qilinadi. Har 10 ta qilingan telefon qo'ng'irog'idan 1 tasi suhbatga chaqiriladi. Har 10 ta suhbatdoshdan 1 tasi ishga qabul qilinadi. Shunday qilib, Google ga ishga kirish tanlov asosida bo'ladi va bu tanlov 1:1000 to'g'ri keladi.
#4 Google ga ishga kirish juda qiyin. Lekin undandan ham qiyini, ishdan ketish. Bunga asosiy sabab esa Kaliforniya shtati mehnat qonunlari hisoblanadi. Ishdan zudlik bilan «uchib ketish» — faqatgina 1 holatda, ya'ni korxona ma'lumotlarini fosh etishda sodir bo'ladi. Agar xodim o'zining vazifalarini uddalay olmasa, yoki ishlamasa, unda boshliq, bu xodim bilan suhbat o'tkazadi va yordam beradi. Agar bir oydan so'ng holat o'zgarmasa, uni qo'llab-quvvatlash uchun yordamchi ajratiladi. Agar bu ham ish bermasa, unda yana suhbatlar, ogohlantirishlar va jarimalar boshlanadi. Shundan so'ngina, 6 oydan keyin, ishdan ozod etishadi. Biroq, bu hodisa kamdam kam holatda bo'ladi. Chunki, birinchidan, ishga qabul qilishda mingta chig'iriqdan o'tkazib olsa, ikkinchidan, bu yerda yaratilgan sharoitning o'zi jonini jabborga berib ishlashga asos bo'ladi.
#5 Google ofisida qanaqadir ish rejasi ko'zda tutilmagan. Har bir kishi o'zining ishini xohlagan payt boshlashi va xohlagan payt tugatishi mumkin. Asosiysi — ko'zda tutilgan ish reja asosida tugatilishi zarur.
#6 Har bir xodimga o'zining g'oyasi uchun 20% vaqtni ajratishga ruxsat berilgan. Hatto, uning g'oyasi 100% fantaziya bo'lsa ham. Kompaniyaning ta'kidlashicha, hozirda takomillashtirish ishlari olib borilayotgan ‘'Google Glass'', haydovchisiz mashinalar, ishchi robotlar ham aynan mana shu 20% lik vaqt sabab bo'lgan.
#7 Google-shaharchada xodimlarga trenojyor zallari, meditsina xizmatlari, AQSHda juda ham qimmat hisoblangan yuridik maslahatlar bepul (yurist xizmati esa azronlashtirilgan narxlarda) taklif etiladi. Shuningdek, kompaniya o'z hodimlarni doim o'qib-izlanishga ruhlantirib turadi. Shu maqsadda ofislarda kutubxonalar hamda bepul kurslar tashkil qilingan . Agar xodim o'qimoqchi(magistratura, MBA) yoki malaka oshirmoqchi bo'lsa, kompaniya barcha harajatlarni o'z bo'yniga oladi.
#8 Kompaniya xodimlarga «Shatl»-avtobuslari qatnab turadi. Ular xodimlarni uydan ishga va ishdan uyga tashiydilar. Shuningdek, xodim uyda yoki ofisda ishlash tanloviga ham ega.
#9 Farzand kutayotgan xodimlarga kompaniya moliyaviy yordam bilan birga farzandi bilan ko'proq vaqtni o'tkazish imkonini beradi. Ya'ni farzandi tug'ilgach, ota yoki ona uyidan turib bemalol ishlashi yoki ko'proq ta'til olishi mumkin. Shuningdek , Google-shaharchasida xodimlarning farzandlari uchun ham bog'chalar mavjud.
#10 Google xodimlariga uy hayvonlari, masalan, itlarni ishga birga olish kelishga ruxsat beradi. Lekin, mushuklarni ofisga olib kelish mumkin emas. Bunga sabab, balki mushuklar bilan itlarning kelisha olmasligi bo'lsa kerak.
#11 Kompaniyada o'zining maxsus atamalari mavjud. Masalan, Google ning xodimlari o'zlarini “Google People“ ya'ni “Google Odamlar“ deb atashadi. Bosh ofis joylashgan ko'chani ham “Google street“ deb atashadi.
#12 Google da ishlovchilarning ko'pchiliga kelib chiqishi rus millatiga borib taqaladi. Bularning o'ziga xos tarixlari mavjud. Kimdir shu erda rus oilasida tug'ilgan. Kimdir mutaxasis bo'lib ishga kelgan. Bu xodimlar bir-birlari bilan doim muloqotda. Darvoqe, aytishlaricha, Google ning ruscha versiyasi Xitoyda tuzilgan ekan.
#13 Google-shaharchasining territoriyasida 20 ga yaqin oshxonalar mavjud. Ularning barchasida xodimlar3 mahal bepul ovqatlanishlari mumkin. Oshxonalar ham turlicha: turli davlat taomlari, vegetarian, fastfud va boshqalar.
#14 Har juma Google da odatiy o'tirishlar bo'lib o'tadi. Bu o'tirishda har bir xodim o'zining boshdan o'tkazgan qiziq voqealarni boshqalar bilan baham ko'radi. Shuningdek, xodimlar uchun Elton Djon kabi mashhur san'atkorlar tez- tez konsert berib turadilar.
#15 Shuncha sharoitlarga qaramasdan, Google o'z xodimlarindan 100 foiz ishga berilishni va eng yaxshi natijalarni talab qiladi. Bir dasturchining aytishicha, agar u tomonidan yozilgan dasturiy Kod ixchamlash mumkin bo'lsa, boshliq bu kodni qayta ko'rilsin deya imzo qo'yadi. U bilan qanday qilib qisqartirish kerakligi haqida bahslashmaydi. Chunki u ham (boshliq) o'z sohasining professionali.
Manba: www.turfaolam.com




Barcha izohlar: 121 2 »
dosteec yozdi: | 22.09.2014 | 08:42 #12 Спам
dosteec Google ga iwga kriw cun aqlli bow kere
Like | 0
isomovic1991 yozdi: | 27.08.2014 | 10:14 #11 Спам
isomovic1991 Iwchilar uchun wuncha waroit hayron qoldim. Vawee daxwatuu...
Like | 0
Жавохирбек yozdi: | 20.08.2014 | 22:19 #10 Спам
Жавохирбек Э класс, дайте такие материалы ещё
Like | 0
StarSMeDia yozdi: | 19.08.2014 | 17:09 #9 Спам
StarSMeDia e gapy6 admin rahmat kottakon
Like | 0
zar76 yozdi: | 18.08.2014 | 22:15 #8 Спам
zar76 zoru.raxmat admin
Like | 0
prosalimov yozdi: | 13.08.2014 | 12:00 #7 Спам
prosalimov Adminga rahmat . google ga ishga kirish uchun kaysi fakultetga kirishkere
Like | 0
xilola yozdi: | 10.08.2014 | 12:33 #6 Спам
xilola Men ham googlega iwga kirsammikan a?:-D
Like | 0
FmMedia yozdi: | 02.08.2014 | 19:21 #5 Спам
FmMedia Ishchilariga mazzaku
Like | 0
McAKon yozdi: | 02.08.2014 | 15:43 #4 Спам
McAKon Uzr rahmat demoqchidim
Like | 0
McAKon yozdi: | 02.08.2014 | 15:42 #3 Спам
McAKon Raymat admin
Like | 0
1-10 11-12
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]