Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50335
TOP-10
Реклама
Теги
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Inson miyasining siri

Bo'limi: Har-xil |


 Inson miyasi borasida so’nggi paytlarda qanday kashfiyotlarga erishdik? Neyro fanшning erishayotgan qanday yutuqlari o’quvchiyu – yozuvchi, olimlarni lol qoldirmoqda?
Non Fiction deb nomlanuvchi xalqaro intelektual adabiyotlar yarmarkasida Dik Svaabning “Biz – bu bizning miyamiz” nomli asari taqdimoti bo’lib o’tdi va bu asar ko’pgina adabiyotshunos va olimlarning e’tiborlarini o’ziga jalb qildi. Yangi hayotga kelgan insonning miyasiga atrof – muhitning ta’siri qanday bo’ladi? Qaysi xususiyatlar bizga irsiy genetik holda, qaysilari sun’iy rivojlantirish natijasida hosil bo’ladi?


Dik Svaab: Inson miyasi dunyoga o’zining genetik irsiy afzalliklari endigina tug’ilganiga qaramay unda o’ziga xos xarakter shakllari, chegaralari, talantlari bilan birga dunyo yuzini ko’radi. Bolalarga miya rivojlanishining erta davrlaridan boshlab yaxshi e’tibor berilmasa miyaning kelgusidagi rivojlanishi sezilarli darajada pasayib, imkoniyat chegaralari, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ijobiy xususiyat va talantlar yashirin holda qolib ketish ehtimoli bo’ladi. Aksincha, anchagina e’tibor bilan bola rivojlanishiga yondashilsa, ular tengqurlariga qaraganda giperfaol, zehnli bo'lib yetishadilar.

Rivojlanish muhitining yetishmasligi, atrofdagilarning bola bilan psixologik aloqada bo’lmasliklari bosh miyaning perfrontal qismlarining kichrayishiga sabab bo’ladi. Tajribalarimiz natijasi o’laroq, hech kimi yo’q bolalar 2 yoshgacha bo’lgan  davrda boqib olinganda ularning IQ ko’rsatkichlari voyaga yetgach 100 ni tashkil etgan. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan davrda asrab olingan bolalarda esa bu ko’ratkich pastroq – IQ 80 ni tashkil qilgan. Ma’lum sabablarga ko’ra aqliy rivojlanishdan ortda qolgan bolalarni birdaniga faol rivojlanuvchi muhitga qo’yilganda rivojlanish ko’rsatkichlari birdaniga yaxshilanganini guvohi bo’lingan. Hatto Daun sindromi bilan kasallangan bemor bolalar ham atrof muhit faolligiga qarab aqliy salohiyatning o’sishiga yetishishlari mumkin.


Nutqni rivojlantirish va til o’rganish miyaga qanday ta’sir o’tkazadi?

 O’z ona tilida gapirish nafaqat bosh miya po’stloq qismida neyron izlari qoldiradi, balki u bolaning erta rivojlanish davridagi tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqalarda asosiy vositachi bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham til insonning dunyoqarashiga juda kata ta’sir ko’rsatadi, deb bemalol aytish mumkin.
Germaniya, Italiya, Sitsiliyaning imperatori Fridrix II 1211 – yilda kichik yoshdagi bolalar qanday qilib hech narsani bilmay turib, o’zlariga butunlay yod bo’lgan tilni o’rganishlari mumkin, degan o’yga keladi. Va bu savoliga javobni o’zi bu xudoning tili deb bayon qiladi. Buni tajriba orqali isbotlashga uringan imperator bir nechta chaqaloqlarni olib ularni butunlay jimlikda, atrof – muhitdan uzib qo’ygan holda saqlashni boshlaydi. Bu holda hech qanday “xudoning tili” bolakaylarga yordam bermadi va oqibatda ular hech qanday nutqqa ega bo’lmay bolalik chog’larida hayotdan ko’z yumdilar. Til imkoniyatlari shunchalar ko’pki, u orqali bosh miyaning nafaqat nutq sohasini, balki mavjud barcha ilmlarni o’zlashtirish uchun asosiy vosita bo’lib xizmat qilar ekan.  





Barcha izohlar: 4
Ziyo_Turdiev yozdi: | 06.10.2014 | 22:27 ( E-mail ) #4 Спам
Ziyo_Turdiev Zoooo'rr ma'lumot raxmat sayt mamuriyatiga...
Like | 0
Wws yozdi: | 26.09.2014 | 18:45 #3 Спам
Wws Klass
Like | 0
Mirolim_Bek yozdi: | 19.09.2014 | 01:19 #2 Спам
Mirolim_Bek zor ma'lumot
Like | 0
Babnik_96 yozdi: | 07.09.2014 | 14:58 #1 Спам
Babnik_96 Juda yahwi malumotlar wuning u4n sof ona tilida gaplashish kerak wunda aqili bulamiz
Like | 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]