Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50369
TOP-10
Реклама
Теги
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Taniqli kishilar hayotidan

Bo'limi: Har-xil |


Mayakovskiyning miyasini magnitofonga o‘xshatishadi. U katta-katta she'rlarni ham bir o‘qishda yod olarkan. Uchrashuvlarda o‘zi yozgan dostonlarni yoddan o‘qir ekan.

***

Atoqli o‘zbek shoiri Maqsud Shayxzoda oliy maktabda ma'ruza o‘qirdi. U kishi ashaddiy kashanda edi. Shuning uchun institut rektorining maxsus buyrug‘i bilan Shayxzodaga dars paytida chekishga ruxsat berilgan edi.

 

***

Sadriddin Ayniy zabardast yozuvchi, olim va dong taratgan pazanda edi. U kishi pishirgan nisholda bilan holvani manaman degan oshpazlar havas qilardi.

***

Buyuk olim Mendeleev ilmiy ishlaridan bo‘sh vaqt­larida chemodan yasab sotar, shu yo‘l bilan ro‘zg‘or tebratar edi.

***

Mashhur o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom yaxshigina rassom edi. U dutor chalganda yuraklarni sel qilar, tojik, tatar, qozoq, ozar tillarida bemalol gaplashardi.

***

Frantsuz yozuvchisi Emil Zolya asosan kechasi ishlardi. U uyqusini qochirish uchun har kuni uch-to‘rt litrgacha kofe ichar ekan.

***

Ernest Heminguey nihoyatda mergan bo‘lgan deyishadi. U bahs o‘ynab bir odamning og‘zida tutab turgan sigaretni otib tushirgan ekan.

***

Amerika prezidenti Ruzvelt o‘ta ko‘ngilchan va madaniyatli kishi edi. U yangi yilga bag‘ishlangan ziyofatda bir yo‘la 1800 mehmonning qo‘lini siqib tabriklabdi.

***

Rus olimi Pavlov o‘lim to‘shagida yotar ekan, o‘zi saboq beradigan talabalarni chiqartiribdi. U o‘limi qay tariqa kechayotganini birma-bir aytib turibdi: "Ana, oyoqlarim muzlay boshladi, ana, qo‘llarim uvishdi, nafas yetmayapti..."

Talabalar yozib ulgurmay buyuk olim jon beribdi.

Sa’dulla Siyoyev tayyorladi.
“Hurriyat”dan olindi





Barcha izohlar: 3
Xaytjon-uz yozdi: | 10.09.2014 | 15:32 ( E-mail ) #3 Спам
Xaytjon-uz Yaxshi yanada yangi xikoyalardinam qoying
Like | 0
$tudent yozdi: | 08.09.2014 | 06:45 #2 Спам
аватар отсутствует qoyil gap yo yana bormi?
Like | 0
Babnik_96 yozdi: | 07.09.2014 | 15:45 #1 Спам
Babnik_96 Oxiridagi xato bu GIPAKRAT edi manim4@ @niqlawtiring ADMIN
Like | 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]