Voydod.net - это портал, где вы можете слушать музыку бесплатно. Запомните вы можете послушать музыку бесплатно и все новинки музыки, добавьте в избранное наш сайт и не пожалеете!
Yurtimizning qayeridansiz?

Barcha ovozlar: 50384
TOP-10
Реклама
Теги
Профил
Гость



Пожалуйста, зарегистрируйтесь или войдите в свой аккаунт.
Логин:
Пароль:




Soch to‘kilishi sabablari, davolash va oldini olish (1-qism)

Bo'limi: Maslahatlar |


Soch to‘kilishi ko’pchilik erkaklarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 95 foizdan ko‘proq holatda sochlarning to‘kilib, tepakal bo’lishga androgenetik alopetsya (irsiy soch tushishi) sabab bo‘ladi.

Har bir kishida kunida 50-100 dona soch tolasining to‘kilishi oddiy hol hisoblanadi. Odatda soch tolalari 3-7 yil yashaydi. 90 foizi faol o‘sishni davom ettirsa, 10 foizi o‘smasdan “sukut” saqlab turadi. Bu “sukunat” soch tushganidan keyin 2-6 oygacha davom etishi mumkin. Yosh o’tishi bilan soch siyraklashib boradi. Ba’zi hollarda tushgan soch qaytadan o‘sib chiqmasligi ham mumkin.

Sochlarning me’yordan ortiq to‘kilishiga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin:

  • Keksayish;
  • Soch to’kilishining nasldan naslga meros bo‘lib o‘tish;
  • Boshdagi jarohatlar;
  • Bosh terisining shikastlanishi;
  • Noto‘g‘ri ovqatlanish;
  • Noto‘g‘ri soch turmagi( mahkam siqilgan kokil va soch o‘rami).

Shuningdek, quyidagi kasalliklar ham soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin:

  • Qalqonsimon bez kasalliklari;
  • Infeksiyalar, jarrohlik operatsiyalari, kuchli issiqlik;
  • Dermatomikoz, temiratki, teri saratoni;
  • Gormonal me’yorning buzilishi;
  • Zamburug‘li va bakteriali infeksiyalar, autoimmun kasalliklar;
  • Ayrim dori vositalari (qon bosimi, antikoagulyantlar, antidepressantlar, artrit va podagraga qarshi preparatlar),
  • Radiatsiya va kimyoviy terapiya (saratonga qarshi kimyoviy davolanishda 90 foiz bemorlarda soch to‘kilishi kuzatiladi);
  • Stress: jismoniy, emotsional, ruhiy-asabiy.

Yuqoridagi muammolarning ba’zilari bartaraf etilishi mumkin, va muammo hal bo’lgandan keyin soch tolalari qayta o‘sib chiqaveradi.

Soch to‘kilishi biror jiddiy kasallik alomati degan havotir bo’lgan taqdirda, shifokor ko‘rigidan o‘tish, jumladan, shifokor-trixolog bilan maslahatlashish darkor.

Shifokorlar genetik tahlillar asosida soch to‘kilishining sabablari va sizning qaysi guruhga mansub ekaningizni aniqlab, zarur choralarni belgilaydi. Agarda soch to‘kilishi irsiyat yoki keksalik bilan bog‘liq bo‘lsa, unga barham berish mushkul.

Soch tolalarining me’yoridan ortiq to‘kilishiga barham berish uchun ularni kamroq bo‘yang, boshni yuvgandan so‘ng imkon qadar fen bilan quritmang.

 

Davomi bor…





Barcha izohlar: 8
umar4ik yozdi: | 14.08.2014 | 18:00 #8 Спам
umar4ik admin qanaqib so4 t6kiliwini oldini olsa b6ladi wuni yozing
Like | 0
Odnokkk yozdi: | 13.08.2014 | 20:02 #7 Спам
Odnokkk A tak kal bulish kerak buldi yangisi usadi
Like | 0
1989shox yozdi: | 09.08.2014 | 14:34 #6 Спам
1989shox adminlar uxlab qolganmi nima?
2-chisi qani?
Like | 0
1989shox yozdi: | 09.08.2014 | 14:31 #5 Спам
1989shox kalga ham olib kurganmiz.
Like | 0
faxriddin797 yozdi: | 02.08.2014 | 18:33 #4 Спам
faxriddin797 admin iltimos 2qismini ham yozing. Anchadan beri kutyapmiz ku.
Like | 0
rahmatullo yozdi: | 31.07.2014 | 14:34 #3 Спам
rahmatullo Хаммомга кирганда хорам ишди камрок кисса соч вафшее тукилмийди ! Агар уша ищ килинса хамма соч витаминлари уша нерса билан чикиб кетади )))) Яна бир уйлаб курин менинг гапимди тугри булса ) уша кивоткан хорам ишларингни тухтатинглар ))))
Like | 0
Samirmusic yozdi: | 26.07.2014 | 16:43 #2 Спам
Samirmusic Kal qilip olish kerak
Like | 0
Alisher_8717 yozdi: | 21.07.2014 | 00:49 #1 Спам
Alisher_8717 agar soch meyoridan ortiq t6kilganini inson sezsa darxol uni oldini oliwi darkor buning uchun sochni qirib olib tawlab cirnokni qirg'ichdan 6tkazib bowga suruladi 1 soatdan keyin yuvib tawlanadi 2 kun zaytun yog'di bowga surtib yaxwilab masaj qilinadi wu xoldi 1 oy davomida qilinsa soch ancha baquvatlawadi yana bironta savollar b6sa odnaklassnikida profilim bor nikimi nomi KAKANDSKI BOY
Like | 0
Faqat Ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirish mumkin. Iltimos, 1 minut vaqtingizni ayamay ro'yhatdan o'ting.
[ RO'YHATDAN O'TISH | KIRISH ]