Rayhon
Voydod.Net! | Haqiqiy Ko'ngil Ochar Potal!

Rayhon

На этой странице Вы можете скачать mp3 песню Rayhon!. с размером бесплатно или слушать G'aniyeva от Rayhon онлайн в высоком качестве - kbp/s.

 


Rayhon G'aniyeva 1978-yilning 16-sentabrida Toshkent shahrida tug'ilgan. Onasi taniqli akstria Tamara Shokirova, otasi aktyor Otabek G'aniyev.
Rayhon Toshkentda joylashgan bolalar musiqa maktabida pianino chalishni o'rgangan. Keyinchalik u O'zbekiston jahon tillari universitetida ingliz tili filologiyasini o'rgangan.
Uchinchi kursda tahsil olayotgan paytida "Xayol" deb ataluvchi duetga asos solgan. 2000-yil yakkaxon ijodini boshlagan. Rayhon 2002-yil chiqarilgan "Baxtli bo'laman" qo'shig'i bilan O'zbekistonda shuhrat qozondi. Qo'shiq Rayhonning shu nomli albomiga kiritilgan. 2002-yil qo'shiqchi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida ko'pchilik oldidagi ilk kontsertini bergan.
Rayhon o'zbek kino san'atida 2007-yilgi "Kechir" dramasidagi roli bilan shuhrat qozondi. Rayhon film ssenariysini o'zi yozgan va unga rejissorlik qilgan. Filmda u muvaffaqiyatli qo'shiqchining murakkab hayotini ko'rsatib bergan. Qo'shiqchi yana shu nom bilan ataluvchi qo'shiqni bastalagan va kuylagan. Qo'shiq filmning soundtrekiga aylangan. Rayhonning rol ijro etish qobiliyatini tanqidchilar ham, kino ishqibozlari ham yaxshi baholashdi. Ammo keyingi yillarda Rayhon birorta ham filmda yirik rol o'ynamadi.
2012-yil 16-noyabrda Rayhon Toshkent davlat teatr va rassomlik san'ati institutining 22 yoshli talabasi Yigitali Mamajonovga turmushga chiqdi. Yigitali bundan keyin Rayhonning bir necha musiqiy klipida rol o'ynadi. 2014-yilning 5-mayida Rayhon egizak o'g'il farzandlik bo'ladi. 2015-yilning 9-yanvarida o'zbek matbuotida atigi ikki yil birga yashagan Rayhon va Mamajonov ajrashayotgani haqida xabar qilindi.
2016-yil yanvarida Rayhon teleboshlovchi va shoumen Farhod Alimovga turmushga chiqadi.
посмотреть все песни Rayhon
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив