Sevara Nazarxon
- Исполнитель:Sevara Nazarxon
- Посмотрели: 51
- Метки: Sevara Nazarxon
Sevara Nazarxon o'zbek qo'shiqchisi, aktrisa, musiqachi va qo'shiqlar muallifi. Andijon viloyati Asaka shahrida dunyoga kelgan.
Shou-biznesdagi ilk faoliyatini taniqli prodyuser va musiqachi Mansur Toshmatov boshchiligidagi Sideris guruhida boshlagan. To'rt qizdan iborat guruh tezda tanilgan, ammo u yakkaxon qo'shiqchi sifatida ko'proq muvaffaqiyat qozondi.
O'zbek estradasida Sevara Nazarxon nomi 1999-yilda kirib keldi. Muhammad Yusuf she'riga bastalangan "Yur muhabbat" qo'shig'i unga omad olib keldi. 2000-yildagi ilk "Ko'rgim kelar" albomidan joy olgan qo'shiqlari hamon katta ahamiyatga ega. 2001-yil boshidagi "Tushim" va "Unutgin" qo'shiqlariga ishlangan kliplari o'zining zamonaviyligi bilan barchaning diqqatini tortdi. Setora guruhi bilan kuylangan "Dugona", Abdulaziz Karim bilan kuylangan "Yagonam o'zing" qo'shiqlari haqiqiy mashxurlik keltirdi. 2000-yil sentabr oyida birinchi marta "Nihol" Davlat mukofotiga Tohir Sodiqov, Dilfuza Rahimova, Setora guruhi qatorida sazovor bo'lib, tantanali marosimda "Millatlar" qo'shig'ini ijro etdi. 2001-yil 31-avgust kuni Mustaqillik maydonida bo'lib o'tgan Istiqlolning 10 yillik tantanalarida Muhammad Yusuf qalamiga mansub "Ulug‘imsan Vatanim" qo'shig'ini ijto etib, haqiqiy iste'dodini namoyon etdi. 2002-yilda ijro etilgan "Vatan bu" kompozisiyasi ham olqishlarga sazovor bo'ldi. Sevara Nazarxon 2000-yildan boshlab Londondagi Universal Music studiyasi hamda dunyoga mashxur xonanda va produser Piter Gabriel bilan hamkorlik qilib kelmoqda. 2003-yildan boshlab xalq qo'shiqlarini pop-folks yo'nalishida ijro eta boshladi. Uning ijrosini to'laqonli maqom ijrosiga qiyoslash san'atshunoslik nuqtai nazaridan noto'g'ridir. Sevara ijrosidagi maqom va xalq qo'shiqlari kuylash an'analari va stilistikasidan chekingan holda, ko'proq e'tibor ovozning musiqaga jo'rligiga erishish barobarida uslub buzilishiga duchor bo'lgan. Biroq uning o'zbek xalq qo'shiqlarining dunyo miqyosida yangrashiga qo'shayotgan hissasi beqiyosdir. O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o'z intervyularidan birida, Sevara Nazarxon xalq qo'shiqlarini dunyoga o'z mualliflik qo'shig'i sifatida taqdim etayotganligini tanqid qilib o'tgan.
Pop yo'nalishida ijod qiluvchi Sevara Nazarxon o'z qo'shiqlarida Markaziy Osiyo qo'shiqchiligida keng tarqalgan milliy cholg'u asboblari dutor va tanbur dan keng foydalanadi. So'nggi yillarda xorijiy musiqa yozish studiyalarida yaratilgan qo'shiqlarda xalq og'zaki ijodi namunalarining zamonaviy yo'nalishda yangicha talqin etilishi Sevara Nazarxonga o'ziga xos imidj yaratdi. 2003-yilda fransiyalik prodyuser Hector Zazou hamkorligida yaratilgan "Yol Bo'lsin" albomi tanqidchilar tomonidan xush kutib olindi. Ushbu albomdag ba'zi qo'shiqlar 2005-yilda Afro Celt Sound System albomiga kiritilgan (Volume 5: Anatomic).
Sevara Nazarxon 2004-yili BBC Radio 3 tomonidan taqdim etiladigan Osiyolik Eng Yaxshi Qo'shiqchi Unvoniga sazovor bo'lgan. 2000-yilda suratga olingan "Tohir va Zuhra" yangi talqin filmida rol ijro etib, Abdulaziz Karim bilan "Yagonam o'zing" duetini ijro etgan. Sevaraning Rossiya Fedratsiyasining vokal ijrochiligi bo'yicha eng asosiy "Golos" ya'ni "Ovoz" loyihasidagi ishtroki hamma o'zbeklar uchun kutilmagan hol bo'ldi. Shundan keyin u "Вышка", "Точь в точь", "Танцы со звездами" kabi loyihalarda ham qator yutuqlarga erishdi. Hozirda u o'z oilasi bilan Angliyaning London shahrida istiqomat qilsada, London - Moskva - Toshkent yo'nalishida muntazam qatnab turadi. Bahor va kuzda asosan Toshkentda istiqomat qiladi. Deniz ismli o'g'li bor. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.08.2002 yildagi Farmoni bilan Sevara Nazarxonga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoni berilgan.

Рекомендации